Mahalliy xurmo yapon texnologiyasida quritilmoqda
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etiş va aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan loyihalar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Tokio qişloq xöjaligi va texnologiyalar universiteti hamda Yaponiya – Özbekiston assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda «Samarqandda quritilgan xurmodan foydalangan holda mahalliy dehqonlar daromadlarini rivojlantiriş» loyihasi yölga qöyilgan.
Loyiha doirasida 100 ming AQŞ dollari miqdorida mablağ jalb etilib, institut hududida zamonaviy xurmo quritiş sexi taşkil etildi. Unda mahsulotni qayta işlaş orqali qöşimça qiymat yaratiş, qişloq oilalariga daromad oliş usullarini örgatişga eʼtibor qaratilmoqda. Şuningdek, ilmiy tadqiqotlar va tajriba almaşiş asosida Yaponiyaning ilğor agrotexnologiyalarini mahalliy iqlim va işlab çiqariş şaroitiga moslaştiriş közda tutilgan.
– Taxir xurmoga talab kamligi sababli yetiştirilgan hosilning bir qismi nobud böladi, - deydi institut rektori, professor Şavkat Hasanov. – Pişiqçilik mavsumida bir kilogramm xurmoning örtaça narxi 4–5 ming söm bölsa, quritilgan mahsulotning bir kilogrammi 50–80 ming sömgaça baholanadi. Qayta işlaş va töğri saqlaşni yölga qöyiş dehqonlar uçun qöşimça daromad manbai bölmoqda. Loyiha doirasida 120 dan ortiq mahalliy dehqonga xurmo yetiştiriş, uni quritiş, tayyor mahsulot holiga keltiriş va qadoqlaş texnologiyalari örgatildi.
Institutda xurmoni çiqindisiz qayta işlaş böyiça ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, meva pöstloğini quritib, non va non mahsulotlari tayyorlaşda foydalaniş hamda uruğidan moy oliş imkoniyatlari örganilyapti. Olimlar tomonidan xurmoni quritiş texnologiyasi böyiça ixtiro patenti ham rasmiylaştirilgan.
Sexda qayta işlanayotgan mahsulot hajmi yil sayin ortmoqda. 2024-yilda 1,35 tonna xurmo quritilgan bölsa, 2025-yilda 14,3 tonna meva qayta işlangan. Işlab çiqarişni kengaytiriş natijasida joriy yil yakuniga qadar 23 tonna xurmo quritiş rejalaştirilgan. Ayni paytda 13 tonna meva quritiş jarayonida.
[gallery-32567]
Masʼullarning maʼlum qilişiça, yil oxiriga qadar institutda 150 dan ortiq mahalliy dehqonga xurmo quritiş texnologiyasini örgatiş böyiça öquv kurslari taşkil etiladi.
Alişer ISROILOV (surat), ÖzA