2016 yilda Fransiya meditsina akademiyasi, “Avitsenna – Franse” (Ibn Sino – Fransiya) jamiyati va MED21 dasturi tomonidan ta’sis etilgan Xalqaro Ibn Sino mukofoti 2021 yilda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarovga topshirildi.

Bu haqda xalqaro hay’at qarori e’lon qilindi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direksiyasi qarorgohi Fransiyada joylashgan “Ibn Sino – Fransiya” jamiyati rahbari, professor Bonnel va u orqali xalqaro hay’at a’zolariga minnatdorlik maktubi yo‘lladi. Unda, jumladan, ushbu qaror so‘nggi yillarda O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘rta asrlar allomalarining bebaho merosini saqlash va o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning e’tirofi sifatida qabul qilingani bayon etilgan.

O‘zA jamoasi Shoazim Minovarovni ushbu nufuzli mukofot bilan muborakbod etadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shoazim Minovarov Xalqaro Ibn Sino mukofoti bilan taqdirlandi