O‘zJOKU 5 yoshda

Yangi O‘zbekistonda yaratilgan so‘z erkinligi natijasida mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarimizdagi ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasiga professional kadrlar tayyorlashdir.

2018 yilda davlatimiz rahbari tomonidan tashkil etilgan ushbu oliy dargoh mana bugun 5 yoshni qarshi oldi. Garchi tarix uchun bu ko‘p vaqt hisoblanmasada, lekin shu davrda universitetda salmoqli ishlar amalga oshirildi. O‘zA muxbiri universitet faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Internet jurnalistika va mediamenejment fakulteti dekani Oisha Zokirova bilan suhbatlashdi:

– Bilishimizcha, birinchi bosqichda 119 nafar talabani o‘qishga qabul qilgan universitet bugun to‘rt mingdan ziyod talabaga ta’lim berayotgan ekan. Biz avvalgi davrda bunday universitet tashkil etilishini xayolimizga ham keltirolmasdik...

To‘g‘ri aytasiz, biz talaba bo‘lgan yillari sohaga bunchalik e’tibor berilmagan, O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetining hattoki o‘z binosi bo‘lmagandi. Yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tash xonalari, ya’ni maxsus auditoriyalar haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Men o‘zim o‘qigan davrda birgina fakultet turli fakultetlar binolariga ko‘chirilgandi.

To‘g‘risi, ko‘chib yurib o‘qiganmiz, desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra, boshqa fakultet binosining bir qavatigina jurnalistika fakulteti uchun berilardi. Mana bugun Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2018 yil 24 maydagi “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan universitet, yurtimizda chin ma’noda mamlakat mediasining kelajagi uchun qo‘yilgan tamal toshi bo‘ldi. Zero, sohaga yetuk kadrlar, professional jurnalist mutaxassislarni yetishtirib berish maqsadida ushbu universitet faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Hech bir yutuqqa osonlik bilan erishib bo‘lmaydi, o‘quv dargohimiz ham tashkil etilganida hozirgi shart-sharoitga ega o‘quv auditoriyalari bo‘lmagan. Universitetga Yunusobod tumanida joylashgan dizayn kollejining eski binosi topshirildi. Professor, rektor Sherzodxon Qudratxo‘janing tashabbusi bilan qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi va hozirgi biz ko‘rib turgan zamon talablariga mos nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan auditoriyalar, tele va radiostudiyalar, “coworking” markazi hamda fotolaboratoriyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Universitet ochilganida ko‘p yo‘nalishlar bo‘lmagan. Shuning uchunmi, bugungi ta’lim dargohimizdagi o‘qish, bilim olish uchun yaratilgan kreativ qulay sharoitlar bois yil sayin talabalarimiz soni ortib bormoqda.

Joriy yil uchun oliy ta’lim dargohlariga qabul jarayoni boshlanish arafasida. Tabiiyki, abituriyentlarimizni ta’lim olishda universitetdagi yangiliklar va ular uchun yaratilgan sharoitlar qiziqtiradi...

Talabalarning hujjatini qabul qilish tez fursatlarda boshlanadi. Ko‘plab abituriyentlar, aynan, bizning dargohimizda ta’lim olishni maqsad qilgan ko‘rinadi. Hozirdan telefon qo‘ng‘iroqlari tinmayapti, tashkil etilgan yangi yo‘nalishlar yoshlarimizda katta qiziqish uyg‘otyapti.

To‘g‘risi, oldingi jurnalistika fakulteti bilan hozirgi universitetni qiyoslasak, qayta talaba bo‘lgim keladi. Chunki hozir talabalarimiz nazariy bilimlarni amaliy natijalar bilan sinab ko‘rishi uchun universitetda deyarli barcha imkoniyat bor.

Bilasizmi, talaba mukammal bilim egallashi uchun nazariy bilim amaliy ko‘rinishda tatbiq etilsa, unga shu orqali tushuntirib berilsagina, uning o‘zlashtirishi osonroq bo‘ladi. Zotan, u nazariy va amaliy bilim olish jarayonida kelgusidagi ish muhitini his qilib jarayonga kirishadi, to‘g‘rirog‘i, “pishadi”. Bir so‘z bilan aytganda, studiyada ishlash, kamera mas’uliyati, hayajonni his qilish, intervyu olish, lavha tayyorlash, ovoz bilan ishlash kabi turli jarayonlarning ishtirokchisiga aylanadi.

Biz talaba bo‘lgan paytlarimizda televideniye, radiostudiyaga borish orzu edi. Aniq qilib aytganda, televideniyega kirishni kunlab kutardik. Biz uchun amaliyotga borish orzu edi. Fakultetimizda esa amaliy mashg‘ulotlar o‘tish uchun kamera yoki boshqa texnika jihozlari, moddiy texnika bazasi umuman yo‘q edi.

Bugun esa talabalarimiz bevosita universitetimiz tavsiyasi bilan xohlagan davlat va nodavlat telekanallar, radio, internet saytlariga amaliyot o‘tash uchun yuborilyapti. 1-kursdan boshlab to bitirguniga qadar maxsus amaliyot davrlari belgilangan. Aynan shu davrlarda ular o‘zlarining yo‘nalishlaridan kelib chiqib gazeta, jurnal, sayt, telekanallarga amaliyot o‘tagani borishlari mumkin.

Oisha Vohidovna, Siz rahbarlik qilayotgan Internet jurnalistika va mediamenejment fakulteti talabalarining ish bilan ta’minlangani to‘g‘risida gapirsangiz...

– Fakultetimiz nomi 2018 yilda Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakulteti bo‘lgan. O‘shanda fakultetimizga jami 34 nafar talaba qabul qilingan edi. Ular 3 xil ta’lim yo‘nalishida tahsil olishgan. Ya’ni: “Internet jurnalistika”, “Mediamarketing va reklama”, “Mediadizayn”. Ayni kunda esa fakultetimizning 3-4-kurs talabalari deyarli o‘z sohalari bo‘yicha ish bilan ta’minlangan. Fakultetimiz talabalarining deyarli 70 foizi ish faoliyatini boshlagan.

Bundan tashqari, 2022 yil fakultet talabalarining kontingenti ko‘payishi va unga yangi yo‘nalishlar joriy etilishi natijasida fakultet nomining o‘zgartirilishiga ehtiyoj tug‘ildi. Shu bois fakultetimiz Internet jurnalistika va mediamenejment fakultetiga o‘zgartirildi. Uning qoshida “Iqtisodiy jurnalalistika” va “Mediamenejment” yo‘nalishlari ham ochildi.

Asosiy maqsad – talabalarga bugungi mediani boshqarishni o‘rgatish va unga boshqaruvchi yangi kadrlarni yetkazib berishdan iborat. Sababi, axborot asri, globallashuv sharoitida yangilik kundan-kunga ortib bormoqda. Internet tarmoqlari kun sayin rivojlanib, bizning faoliyatimizga esa sun’iy intellekt kirib kelmoqda. Bugun sun’iy intellektning o‘rni, undan foydalanish, uning mediaga ta’siri, umuman, shu soha bo‘yicha eng kerakli bilimlarni olish, aynan ushbu ochilgan ta’lim yo‘nalishlarida o‘rgatiladi.

Kelgusi o‘quv yilida necha nafar talaba qabul qilinishi ko‘zda tutilmoqda? Yangi yo‘nalishlar ochiladimi?

Bu yildan jurnalistika sohasidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj inobatga olinib, tegishli tashkilotlar tavsiyasiga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar bo‘yicha ham abituriyentlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Yangi yo‘nalishlarimiz nomi hozircha sir. Yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Shaxsiy muvaffaqiyatdan – universitet muvaffaqiyati sari” – bugungi kunda universitetimizni muvaffaqiyatga olib chiqadigan talabalar hamda professor o‘qituvchilar shiori hisoblanadi. Zero, bugun biz ushbu shiorga yurakdan amal qilgan holda ishlayapmiz va shu orqali universitetimiz nufuzini yanada yurtimiz va dunyo bo‘ylab ko‘tarishni niyat qilganmiz.

Mazmunli suhbat uchun rahmat!

O‘zA muxbiri Behruz Xudoyberdiyev suhbatlashdi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxsiy muvaffaqiyatdan – universitet muvaffaqiyati sari