Bugun – 3 sentyabr. Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ta’bir joiz bo‘lsa, yangi kun – bilimlar kuni.

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hovlisi bo‘lajak qalam ahli bilan gavjum. Ayniqsa,  bu yil omadi chopgan 1-bosqich talabalarini ko‘rsangiz – ularning ko‘zlaridagi hayajon, qalblaridagi tug‘yon beixtiyor qalbingizga ko‘chib o‘tgandek, yuragingiz hapriqib ketadi. Har bir qalbda “Men jurnalist bo‘laman!” degan tuyg‘u jo‘sh urib turganini his qilib turasiz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina O‘zJOKUning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar soni 1000 nafardan ziyod. Mamlakatimizda 10 dan ortiq OTMlarda esa jurnalistika fakultetlari, bo‘limlari ochilgan. Agar ularning hammasini jamlasak, sohaga qiziquvchi yoshlar soni bir necha karraga oshgani oydinlashadi.

Bu raqamlar esa kichik emas. Yoshlarning jurnalistika sohasida ta’lim olishiga bugun barcha imkoniyatlar muhayyo.

“Men professional jurnalistlarni hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyorman. So‘z erkinligini ta’minlash va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish biz uchun eng muhim vazifadir”, — degan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.   

Tan olib aytish kerak, oldinlari bir bo‘lim yoki fakultet sifatida amal qilib kelgan tizim mustaqillik yillarida alohida o‘quv muassasasi – universitet maqomigacha ko‘tarildi. 

2018 yilda Prezidentimiz qarori bilan O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (O‘zJOKU) tashkil etildi. Bu qaror mamlakatda erkin fikrli, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega jurnalistlarni tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Universitet dastlabki yillari sanoqli yoshlarni o‘z bag‘riga olgan bo‘lsa, qisqa fursatda, minglab yoshlar bilan to‘ldi. Bugun O‘zJOKU nafaqat jurnalist kadrlar, balki PR-mutaxassislar, media-dizaynerlar, xalqaro jurnalistlarni ham tayyorlamoqda.

Prezident ommaviy axborot vositalarini “to‘rtinchi hokimiyat” sifatida e’tirof etib, ularning tanqidiy va tahliliy maqolalari jamiyatdagi o‘zgarishlarning muhim omiliga aylanayotganini ta’kidlagan edi. 

An’anaga ko‘ra, yurtimizdagi o‘quv dargohlarida ilk mashg‘ulotlar “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. 

Ilk mashg‘ulot yo‘nalishi ham ma’lum – “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” yashash baxti, bu baxt, mas’uliyatni his qilish saodati. 

Taniqli jurnalistlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdusaid Ko‘chimov, “Ishonch” – “Doveriye” gazetalari bosh muharriri, senator Husan Ermatov, “Dunyo o‘zbeklari” sayti asoschisi Ismat Xushev, faxriy jurnalist Irismat Abduxoliqovlar bo‘lajak hamkasblarga Vatan ozodligi, Mustaqillik, uni sevish va ardoqlash mavzusida dars o‘tdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdusaid Ko‘chimov yoshlarga qo‘lga qalam olishdan oldin insonning yuragida Vatan bo‘lishi, uni jon qadar sevish lozimligi, mustaqillikning qadrini chuqur anglash zarurligi haqida gapirdi. O‘zbek jurnalistikasi bosib o‘tgan yo‘llar, so‘z erkinligi, qiyinchiliklar, kasb mas’uliyati va sharafli jihatlarini hayotiy misollar bilan tushuntirib berdi. Uning “Mustaqillik sizlarga imkoniyat eshiklarini ochdi, endi bu imkoniyatlardan unumli foydalanish sizlarning qo‘lingizda” degan so‘zlari talabalarni ruhlantirib yuborgani yaqqol sezildi. Auditoriya jonlandi.

Senator Husan Ermatov ham talabalarga Mustaqillik darsini o‘tib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ustoz jurnalist, avvalo, mustaqillikning insoniy qadr-qimmat va orzu-umidlarni ro‘yobga chiqarishdagi ahamiyatiga to‘xtalib: “Mustaqillik — bu faqat bayram emas, balki mas’uliyatdir. Har biringiz bu yurtning kelajagi uchun javobgarsiz. Agar bilimli, teran fikrlaydigan va adolatli jurnalist bo‘lsangiz, mustaqilligimiz ham shunchalik mustahkam bo‘ladi”, — dedi.

Husan Ermatov shuningdek, jurnalistning jamiyat oldidagi burchi haqida to‘xtalib, talabalarni hamisha haqiqatni izlashga, Vatan manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishga chaqirdi.

Ismat Xushevning nutqida jurnalistning jasoratiga alohida urg‘u berildi. U ta’kidlaganidek, bu yo‘l oson emas — qalam ahli adolat va adolatsizlikka ro‘baro‘ kelishi, turli sinovlarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham yurakda Vatanga sadoqat va milliy g‘urur bo‘lishi shart.

“Jurnalist har doim haqiqat tarafida turishi, xalq manfaatini himoya qilishi lozim. Bu kasbda haqiqatdan chekingan odamning qalami ham kuchsiz, so‘zi ham ta’sirsiz bo‘ladi”, — deya u yoshlarni halollik va jasoratga da’vat etdi.

Ustozlar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatlar, ularning hayotiy hikoyalari va mustaqillik bergan imkoniyatlar haqidagi dildan aytgan so‘zlari katta hayot ostonasida turgan talabalar uchun unutilmas dars bo‘ldi.

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida yangi o‘quv yili ana shunday hayajon bilan boshlandi.

Nozimbek Mardonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistikaga ilk qadam: yangi o‘quv yili, yangi umidlar