Shaxmat yulduzlari futbol maydonida
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov, Muhiddin Madaminov, Humoyun Bekmurodovlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoni haqida gap ketganda ko‘pchilik faqat 64 katakli shaxmat taxtasi atrofidagi o‘yinlar, kompyuter yoki maxsus doskalardagi murakkab boshqotirmalarni ko‘z oldiga keltiradi.
Biroq, shaxmatchilarimizning nufuzli musobaqalarda g‘alaba qozonishida tafakkurning yuksakligi, aqliy bilimning boyligi bilan birga, ruhiy va jismoniy quvvat ham muhim rol o‘ynashini ba’zilar xayoliga ham keltirmaydi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutasaddilari, murabbiylar yetakchi shaxmatchilarimizni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda jismoniy mashqlarga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Terma jamoa murabbiyi Saidali Yo‘ldoshev, shaxmatchilarimizning jismoniy mashqlari bo‘yicha mas’ul mutaxassis Furqat Shirinovning aytishicha, yetakchi grossmeysterlarimiz, umuman turli yosh toifasidagi terma jamoa a’zolari uchun alohida jismoniy mashg‘ulotlar dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda futbol, stol tennisi, katta tennis, yugurish, chigalyozdi mashqlari qamrab olingan.
Kuni kecha shaxmatchilarimizning futbol maydonidagi o‘yinlari, mashg‘ulotlarini kuzatish asnosida “aql gimnastikasi”dagi muvaffaqiyat jismoniy va ruhiy quvvatga bog‘liq ekaniga yana bir karra amin bo‘ldik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/86P_GCpxTO0" title="Shaxmat yulduzlari futbol maydonida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>To‘lqin Ro‘ziyev, Oybek Davronov (video), Iskandar Ismatov (montaj), O‘zA