Sergey Fomin yarim finalda o‘ynaydi
Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha “Challenger 50” toifasiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin yarim finalga chiqdi.
Mukofot jamg‘armasi 63 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada Sergey Fomin ham 1/8 final bahsida avstriyalik Sandro Koppni 6:7, 7:6, 6:4,
1/4 finalda germaniyalik Maks Viskandtni 1:6, 6:3, 6:3 hisobida taslim etib, yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Endi mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin so‘nggi hal qiluvchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Bosniya va Gersegovina vakili Andrey Nedichga qarshi kortga chiqadi.
Uchrashuv ertaga, 24-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA