Joriy yilning 10-23 sentyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahri Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi.

O‘z tarixida 45-marotaba tashkil etilayotgan Olimpiadada 3500 nafarga yaqin shaxmatchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Terma jamoa murabbiylar shtabi Budapeshtga chempionlik himoyasi uchun boradigan tarkibni e’lon qildi.

Ikki yil avval Hindistonning Chennay shahrida qahramonlarga aylangan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev hamda Jahongir va Shamsiddin Vohidovlar Vatanimiz sharafini himoya qilish bilan birga chempionlik unvoni uchun dona suradi.  

Jamoaning o‘rtacha reytingi 2684 ni tashkil etadi. Bu esa ro‘yxatdagi 3 ta davlatdan keyin eng yuqori 4-natija hisoblanadi.  

Chennayda O‘zbekiston terma jamoasi 19 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra Armanistonni ortda qoldirib, tarixda ilk bor Olimpiada chempioniga aylangandi. Armaniston kumush, Hindiston-2 jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Mazkur 45-shaxmat Olimpiadasining yana bir o‘ziga xos jihati, O‘zbekiston terma jamoasiga sobiq jahon chempioni Vladimir Kramnik murabbiylik qiladi.

Budapesht shahrida o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasining ayollar musobaqasida Afro‘za Hamdamova, Nilufar Yoqubboyeva, Marjona Malikova, Nodira Nodirjonova, Umida Omonovaning ishtiroki belgilangan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat olimpiadasida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi