Yoşlar uçun yangi sport maydonçasi foydalanişga topşirildi
Yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni sportga keng jalb qiliş va soğlom turmuş tarzini şakllantiriş maqsadida Sirdaryo viloyati Yoşlar markazi hududida zamonaviy “Street Workout” maydonçasi barpo etilib, foydalanişga topşirildi.
Qiymati 72 million söm bölgan mazkur sport maydonçasi yoşlarning oçiq havoda muntazam maşğulotlar bilan şuğullanişi uçun qulay şaroit yaratadi. Unda turli jismoniy maşqlarni bajariş, kuç, çidamlilik va çaqqonlikni rivojlantiriş imkoniyati mavjud.
Eng muhimi, maydonçadan yoşlar bepul foydalanişlari mumkin. Bu esa ularning sport bilan muntazam şuğullanişi, muşaklarini mustahkamlaşi va jismoniy tayyorgarligini oşirişi uçun qöşimça imkoniyat yaratadi.
[gallery-32551]
— Yangi maydonça, ayniqsa, yoşlar örtasida ommalaşib borayotgan köça sportiga qiziqişni yanada oşiriş, ularni faol va soğlom turmuş tarziga rağbatlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, bunday maskanlar yoşlarning böş vaqtini samarali taşkil etiş, sportga qiziquvçilarni birlaştiriş va özaro soğlom raqobat muhitini şakllantirişga xizmat qiladi, — deydi Sirdaryo viloyati Yoşlar işlari boşqarmasi boşliği Bobur Akramov.
Endilikda viloyat Yoşlar markaziga taşrif buyuruvçi yigit-qizlar uşbu maydonçadan bepul foydalanib, oçiq havoda sport bilan şuğullanişlari va jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirişlari mumkin.
Bir söz bilan aytganda, yoşlar uçun yaratilgan bundayin imkoniyat soğlom avlodni tarbiyalaş, soğlom kelajak va faol jamiyatni şakllantiriş yölida taşlangan yana bir muhim qadam böldi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat) ÖzA