“Bir Vatan, bir el, bir bayroq” şiori ostida yuguriş marafoni ötkazildi
Davlat ramzlari orasida bayroq alohida örin tutadi. Unda xalqimizning tarixi, milliy ğururi, orzu-intilişlari va Vatanga bölgan muhabbati mujassam.
Uni eʼzozlaş esa nafaqat bayramlarda, balki kundalik hayotimizda ham namoyon böladi. Davlatimiz bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Toşkent şahridagi “Olimpiya şaharçasi”da Milliy gvardiya taşabbusi bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” şiori ostida yuguriş marafoni taşkil etildi.
Undan közlangan asosiy maqsad davlat bayroğiga hurmat va sadoqat tuyğularini yanada mustahkamlaş, aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etişga qaratildi.

Marafonda Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari va ularning oila aʼzolari, şuningdek, Özbekiston Volontyorlari assotsiatsiyasi vakillari faol iştirok etdi.
— Marafon bir qaraşda oddiy yugurişdek tuyulişi mumkin. Çunki bunda kimdir marraga tezroq yetib borişga intiladi, yana kimdir farzandi yoki yaqinlari bilan birga masofani bosib ötadi. Uşbu marafonning mazmuni sport natijasi bilan çeklanmaydi. Unda Vatanga muhabbat, hamjihatlik va umumiy qadriyatlarga sadoqat mujassam, — deydi Milliy gvardiya ofitseri Muhammadzar Zulunov.
Marafon davomida hilpiragan davlat bayroqlari, iştirokçilarning kötarinki kayfiyati va özaro qöllab-quvvatlaşi tadbirga özgaça ruh bağişladi.

N.Rahmonova,
ÖzA