Serbiya Prezidentining iste’fosi, Hindistondagi tabiiy ofat va Trampning Eron bilan muzokaralari - Xorij xabarlari (+video)
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning iste’foga chiqishi, Hindistonda kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lgani, AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron bilan muzokaralarni shu hafta o‘tkazishni kutayotgani hamda Janubiy Koreya prezidenti idorasining Ukrainadan rasmiy uzr so‘rashni talab qilgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga qarshi Xalqaro jinoiy sudga murojaat tayyorlayotgani va Saturn yo‘ldoshi Enseladda mikroorganizmlar yashashi mumkinligini ko‘rsatgan tadqiqot haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov,
Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA