Hindistondagi namoyishlar, Eronning yadroviy pozitsiyasi va Rossiya armiyasi soni oshirilishi - Xorij xabarlari (+video)
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Hindistonda 600 yillik masjidning bir qismini buzish rejasiga qarshi musulmonlarning namoyishga chiqqanlari, Xitoyning 2028-yilgacha Marsning to‘liq geologik xaritasini tuzish rejasi, AQSHning Tennesi shtatida 200 yildan so‘ng birinchi ayolga nisbatan o‘lim jazosi ijro etilishi hamda Eronning Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi mumkinligi haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Niderlandiyada og‘ir kasallikka chalingan bir yoshli bolaga evtanaziya qo‘llanilgani va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat Qurolli kuchlarining shtat sonini 2 million 441 ming 630 nafarga yetkazgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov,
Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA