Xalqaro koalitsiyaning Iroqdan chiqishi, AQSH-Hindiston savdo muzokaralari, Turkiya-Saudiya hamkorligi va Fransiyadagi tartibsizliklar – Xorij xabarlari(+video)
Bugungi dasturimizda xalqaro koalitsiya kuchlari Iroqni to‘liq tark etgani hamda mamlakatda noqonuniy qurolli guruhlarni qurolsizlantirish bo‘yicha yangi bosqich boshlangani, AQSH va Hindiston o‘rtasida ikki tomonlama savdo bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralar davom etayotgani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizdan Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida migratsiya hamda ichki ishlar sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingani hamda Fransiyada ta’lim tizimidagi muammolar ortidan kelib chiqqan tartibsizliklar sabab 400 dan ortiq maktab faoliyati to‘xtatilgani o‘rin olgan.
Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqubjon Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA