Senatning yigirma birinçi yalpi majlisi öz işini boşladi
Bugun, 2026-yil 27-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinçi yalpi majlisi öz işini boşladi.
Unda Senat va Hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etmoqda.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva boşqarib borayotgan yalpi majlis kun tartibiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va qonunçilikni takomillaştirişga qaratilgan bir qator muhim masalalar kiritilgan.
Xususan, “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik töğrisida”, “Özbekiston ehtiromi” ordenini taʼsis etiş töğrisida”gi qonunlar muhokama qilinadi.
Tadbirkorlik subʼektlarini yanada qöllab-quvvatlab, ularga ayrim soliq imtiyozlarini beriş, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni rağbatlantiriş, ular uçun maxsus soliq rejimini joriy etiş hamda mehnat faoliyatini tartibga solişga qaratilgan qonunlarni körib çiqiş rejalaştirilgan.

Sud işi muhokamasining barça bosqiçlarida tortişuv prinsipini taʼminlaş va advokatning odil sudlovni amalga oşirişdagi rolini oşiriş, prekursorlar muomalasiga oid qoidalarni buzganlik uçun javobgarlik belgilaş, qurilişi tugallanmagan köp kvartirali uylarda noqonuniy yaşaşning oldini oliş hamda bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan qonunlar muhokama qilinadi.
Davlat sirlarini saqlaş faoliyatining huquqiy asoslarini, yer töğrisidagi qonunçilikni hamda tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini takomillaştiriş, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan qonunlar ham kun tartibi loyihasidan örin olgan.
Senatorlar Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining prokuratura organlarining faoliyati töğrisidagi hisobotini ham eşitadi.
Yalpi majlisda mamlakatimizda tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovi natijalarini körib çiqiş ham rejalaştirilgan.
Norgul Abduraimova,
Farhod Abdurasulov (surat),
ÖzA