Samir Veliyev: «Ilmiy-maʼrifiy sohadagi hamkorlik Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi ittifoqçilik munosabatlarining amaliy mazmuniga aylanişi kerak»
Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaş ikki tomonlama, jumladan, ilmiy-maʼrifiy va innovatsion sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun keng istiqbollarni oçadi. Bu jarayonda yangi yondaşuvlarni işlab çiqiş, qöşma taşabbuslarni ilgari suriş va ikki davlat taraqqiyoti uçun mustahkam asos yaratişga xizmat qiladigan parlamentlararo aloqalar muhim örin tutadi, deb taʼkidlaydi Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati Samir Veliyev.
— Ozarbayjon va Özbekiston — döst va qardoş mamlakatlardir. Boy tarixiy meros va maʼnaviy yaqinlikka asoslangan munosabatlarimiz bugungi kunda yanada jadal surʼat kasb etmoqda, — deya qayd etadi deputat.
Uning sözlariga köra, har ikki mamlakat nafaqat ikki tomonlama formatda, balki turli xalqaro maydonlarda ham faol şeriklik qilmoqda. Şu bilan birga, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi tufayli özaro hamkorlik davlatlarimizning turli idora va tuzilmalari örtasida ham izçil yölga qöyilgan. 2024-yil 23-avgustda Toşkentda imzolangan Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnoma hamda 2025-yil 2-iyulda Bokuda qabul qilingan 2025–2029-yillarga möljallangan “yöl xaritasi” mazkur aloqalarning huquqiy asosini taşkil etadi.
Şu nuqtai nazardan, parlamentlararo muloqot alohida örin tutadi. Samir Veliyevning qayd etişiça, Bokuda bölib ötgan Ikkinçi Ozarbayjon — Özbekiston parlamentlararo forumi bu borada muhim voqea böldi.
Eslatib ötamiz, Ozarbayjon Milliy Majlisi 2026-yil 3-noyabrda Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi abadiy döstlik töğrisidagi şartnomani ratifikatsiya qildi. Uşbu hujjat bilan ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantirişda muhim bosqiç boşlandi.
— Davlatlararo munosabatlar dinamikasi parlamentlarimiz oldiga yangi vazifalarni qöymoqda, — deydi Samir Veliyev. — Şu sababdan Ikkinçi Ozarbayjon — Özbekiston parlamentlararo forumi kun tartibiga fan va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş masalasi kiritilgani tahsinga loyiq. Bu borada şartnomaviy asos yaratilgani eʼtiborga molik. 2025-yil 2-iyulda Bokuda imzolangan Ilm-fan, kasbiy va oliy taʼlim sohasida hamkorlik töğrisidagi parlamentlararo bitim şular jumlasidandir. Zero, fan va taʼlim davlat siyosatining ustuvor yönalişlari bölibgina qolmay, mamlakatlar taraqqiyoti, iqtisodiy raqobatbardoşligi, texnologik jihatdan barqarorligi va intellektual salohiyati uçun mustahkam poydevor hamdir.
Global özgarişlar jadallaşayotgan, raqamli taraqqiyot va sunʼiy intellekt rivojlanayotgan şaroitda ilmiy-maʼrifiy hamkorlikning zamonaviy va samarali tizimini şakllantiriş dolzarb vazifaga aylanmoqda. Har ikki mamlakat ham bu borada strategik hujjatlarni qabul qilgan: Ozarbayjonda mamlakat yetakçisining 2025-yil 19-martdagi farmoniga asosan Ozarbayjon Respublikasining 2025–2028-yillarga möljallangan sunʼiy intellekt strategiyasi, Özbekistonda esa davlat rahbarining 2024-yil 14-oktabrdagi qaroriga köra Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantiriş strategiyasi tasdiqlangan.
Şu bilan birga, taʼkidlaş joizki, mazkur sohada hali töliq işga solinmagan imkoniyatlar mavjud. Xalqaro bilim almaşinuvini kengaytiriş, qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş, akademik mobillikni rivojlantiriş va innovatsion taʼlim yeçimlarini joriy etiş böyiça katta istiqbollar bor. Aynan şu yönalişda parlament zimmasiga alohida masʼuliyat yuklanadi.
Deputatning fikriça, parlamentlar fan va taʼlimni ravnaq toptiriş uçun zarur qonunçilik şaroitlarini yaratişda muhim örin tutadi. Huquqiy bazani yanada mustahkamlaş, jumladan, Ozarbayjon Respublikasining “Taʼlim töğrisida”gi va “Ilm-fan töğrisida”gi qonunlarini, Özbekiston Respublikasining “Taʼlim töğrisida”gi hamda “Ilm-fan va ilmiy faoliyat töğrisida”gi qonunlarini takomillaştiriş, ilmiy tadqiqotlarni moliyalaştiriş mexanizmlarini şakllantiriş, ilmiy muassasalarni qöllab-quvvatlaş, taʼlim jarayoni iştirokçilarining huquqlarini himoya qiliş, şuningdek, davlat dasturlari ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlaş şular jumlasidan.
Şu nuqtai nazardan, Samir Veliyev bir neçta istiqbolli yönalişlarni sanab ötdi.
Birinçidan, parlamentlar örtasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaş, taʼlim tizimini modernizatsiya qiliş masalalari yuzasidan qonun ijodkorligi sohasida tajriba almaşinuvini faollaştiriş zarur.
Ikkinçidan, inson kapitalini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratiş kerak. Yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş, tadqiqotçilar uçun qulay şaroitlar yaratiş va akademik mobillikni kengaytiriş masalalari kun tartibining muhim tarkibiy qismi bölmoği lozim.
Uçinçidan, universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va taʼlim muassasalari örtasida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş zarur. Bu borada ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari rektorlarining forumlari samarali maydon hisoblanadi. Birgalikda olib borilgan tadqiqotlar va ilmiy yutuqlar almaşinuvi davlatlarimiz taraqqiyotiga qöşimça turtki beradi.
Törtinçidan, fan va taʼlimning raqamli transformatsiyasiga, jumladan, zamonaviy taʼlim platformalari va innovatsion texnologiyalarni joriy etiş, sunʼiy intellektdan foydalaniş, mazkur sohani huquqiy tartibga soliş va axloqiy meʼyorlarga oid yondaşuvlarni özaro muvofiqlaştiriş masalalariga eʼtibor qaratiş lozim.
— Hamkorligimiz deklaratsiyalar bilan çeklanmay, amaliy natijalarga tayanişi kerak, deb hisoblayman. Şu bois parlamentlararo “yöl xaritasi” doirasida fan va taʼlim masalalari böyiça parlamentlararo hamkorlikning doimiy faoliyat yurituvçi platformasini taşkil etiş masalasini körib çiqişni taklif qilaman. Bunday platforma qonunçilik taşabbuslari, ilğor tajriba va amaliy işlanmalar böyiça tizimli almaşinuvga kömaklaşişi mumkin. Şu bilan birga, qöşma parlament tavsiyalarini işlab çiqiş, hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilaş hamda mazkur vazifalar ijrosi natijalarini muhokama qiliş ham maqsadga muvofiqdir.
Bunday yondaşuv parlamentlarimiz örtasidagi aloqalarni mustahkamlabgina qolmay, mamlakatlarimizning ilmiy, maʼrifiy va innovatsion salohiyatini röyobga çiqarişda qöşimça imkoniyatlar yaratişiga işonaman. Şuni alohida qayd etişni istardimki, fan va taʼlimga sarmoya kiritiş — eng avvalo davlatlarimiz kelajagiga sarmoya kiritiş demakdir. Bölajak avlodlarning farovonligi bugun bizning intellektual salohiyat va ilmiy taşabbuslardan samarali foydalanişimizga, sifatli taʼlim uçun yaratib berayotgan şart-şaroitlarimizga boğliq.
Ozarbayjon va Özbekiston parlamentlari saʼy-harakatlarini birlaştiriş mavjud salohiyatni töliq işga soliş hamda xalqaro hamjamiyatning barqaror rivojlanişiga salmoqli hissa qöşiş imkonini berişiga işonçim komil, — dedi sözining yakunida Samir Veliyev.
Aziza Alimova, ÖzA