Senat Raisi: Özbekiston şunçaki kuzatuvçi emas, balki global muammolarga yeçim taklif qilayotgan taşabbuskor davlat
Senatning yigirma birinçi yalpi majlisi davom etmoqda. Majlisni kiriş sözi bilan oçib bergan Senat Raisi Tanzila Norboyeva Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi Özbekistonni barpo etiş yölidagi keng kölamli islohotlar izçil davom ettirilayotganini taʼkidladi.
– “Özbekiston - 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yönalişlarning tub özagida “inson qadri va baxti uçun” degan boş mezon mujassam, – dedi T.Norboyeva. – Uşbu siyosatning amaliy natijalari aholi daromadlarining oşişi, taʼlim va tibbiyot sifatining yaxşilanişi hamda fuqarolarning öz huquqlarini amalda himoya qila olişida yaqqol namoyon bölmoqda.
Yaqinda uşbu ezgu maqsadlarga xizmat qiluvçi muhim huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, Davlat rahbarining 10-noyabrdagi farmoni bilan inson qadrini uluğlaşga qaratilgan yettita milliy dasturning maqsadli körsatkiçlari hamda 2027 -2031-yillarga möljallangan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Endilikda bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantiriladi. Aholi salomatligi yanada mustahkamlanadi. Yuqori texnologiya va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyot rivojlantiriladi. Tabiatga munosabat tubdan özgartiriladi. Sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini taʼminlaş, mahalla institutini yanada kuçaytiriş çoralari köriladi.
Mehnat migratsiyasi sohasida xorijda işlaş istagidagi fuqarolarni muayyan iş örinlariga mos ravişda kasb va xorijiy tillarga öqitiş böyiça aniq vazifalar qöyildi.
Davlat boşqaruvini demokratlaştiriş yölidagi navbatdagi muhim qadam – 16-noyabrda mahalliy kengaşlar faoliyati kafolatlarini kuçaytirişga oid farmonning qabul qilingani böldi.
Hujjatga muvofiq, ijro organlari rahbarlarining hisobotlarini eşitiş tartibi takomillaştirilib, deputatlar faoliyati kafolatlari kengaytirildi va kengaşlar işining oçiqligi oşirildi. Endilikda saylov okruglarida aholi kötargan dolzarb muammolar har çorakda sessiya muhokamasiga olib çiqiladi. Bu esa mahalliy davlat boşqaruvida kengaşlarning rolini tubdan mustahkamlaydi.
Içki islohotlar bilan bir qatorda, xalqimiz manfaatlarini xalqaro maydonda ilgari suriş borasida ham faol taşqi siyosat olib borilmoqda. Keyingi oylardagi oliy darajadagi uçraşuv va taşriflar buning yorqin isbotidir.

Avazada Özbekistonning 2027-yilda MDHga raislik qilişi töğrisida qaror qabul qilindi. 14-oktabrda Bokuda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan oliy darajada erişilgan kelişuvlar ijrosi muhokama qilindi. Anqaradagi Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida esa Prezidentimiz 100 ta qöşma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oluvçi dasturni taklif etdi.
Samarqandda ötgan Özbekiston – AQŞ işbilarmonlik muloqoti yakunida qariyb 12 milliard dollarlik 54 ta kelişuv va istiqbolli taşabbuslar şakllantirildi. Noyabr oyida Ömon va Iordaniyaga amalga oşirilgan davlat taşriflari doirasida har ikki davlat bilan strategik şeriklik bitimlari imzolandi.
Antaliyadagi iqlim sammitida davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo uçun yagona iqlim integratsiyasi modelini işlab çiqiş taşabbusini ilgari surdi. Suv taqçilligi, muzliklarning erişi, çöllaniş va qurğoqçilik kabi umumiy muammolarga birgalikda yeçim topişga qaratilgan uşbu yondaşuv nafaqat mintaqaviy, balki global ahamiyatga ega.
– Umuman olganda, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan içki islohotlar va olib borilayotgan faol taşqi siyosat yagona maqsadga – xalqimiz farovonligini oşirişga xizmat qilmoqda. Bugun Özbekiston xalqaro jarayonlarda şunçaki kuzatuvçi emas, balki global va mintaqaviy muammolarga amaliy yeçim taklif etayotgan, umumiy taraqqiyot uçun masʼuliyatni öz zimmasiga olayotgan taşabbuskor davlat sifatida namoyon bölmoqda, – dedi Senat Raisi.
Norgul Abduraimova,
Farhod Abdurasulov (surat), ÖzA