Qirğiziston tibbiyotidagi yangilanişlar: maoş, yangi şifoxonalar va yuqori texnologiya
Qirğizistonda 2021-2025-yillarda 21 tibbiyot muassasasi işga tuşgan, joriy yil barpo etilgan şifoxonalar soni 40 dan oşişi kutilyapti. Zamonaviy tibbiy infratuzilmani rivojlantiriş orqali aholiga tibbiy yordam körsatiş sifatini yaxşilaş böyiça keng kölamli işlar jadal davom etyapti.
“Kabar” axborot agentligi yozişiça, mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotiga köra, oxirgi 4 yil respublika byudjeti va boşqa manbalar hisobidan qurib bitkazilib, foydalanişga topşirilgan maskanlar orasida Norin viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi, Jalolobod viloyati birlaşgan şifoxonasining yangi binosi, Botken viloyati Qadamjoy tumanidagi Uç-Qörğon qişloğidagi bolalar jonlantiriş va davolaş-maslahat bölimi va boşqa tibbiy obʼektlar bor.
Joriy yil birgina Bişkek şahrida Onalik va bolalikni muhofaza qiliş milliy markazi bazasidagi 350 örinli köp tarmoqli bolalar şifoxonasi va boşqa jami beş tibbiy muassasasi qad kötardi.
Mamlakatning barça hududlarida soğliqni saqlaş maskanlari jadal bunyod etilmoqda: Çuy, Talas va Botkenda 3 tadan, Jalolobodda 7, Norinda 4, Öşda 10, Issiqkölda 5 obʼekt.
Joriy yil 1-apreldan boşlab Sadir Japarovning tegişli farmoniga muvofiq, tibbiyot xodimlari iş haqi 100 foiz oşirilib, Prezidentning maxsus tölovi ham joriy etilgan.
Hozir yoş şifokorlar, tajribali jarrohlar maoşi keskin oşgan, baland toğli hududlarda işlayotganlar uçun esa qöşimça tölov belgilangan.
Soğliqni saqlaş vaziri Damirbek Osmonov "Birinçi radio" efirida ilgari maoş kam bölgani uçun baʼzi mutaxassislar sohani tark etganini esladi:
– Tibbiy xodimlar oyligi kötarilişi sohaga alohida eʼtiborning asosiy jihatidir. Bundan soha xodimlari juda mamnun.
Rossiya Federal Tibbiyot va biologiya agentligiga qaraşli 8 klinik şifoxona kardiologi va endovaskulyar jarrohi Erlan Karatayev ham soğliqni saqlaş sohasidagi ijobiy özgarişlarni yuqori baholadi:
– Men köp yildan beri Moskva yaqinidagi Obninsk şahrida işlayman. Bu yil taʼtilni yurtimda ötkaziş uçun keldim. Aeroportdan tuşişim bilanoq şahar manzarasini körib, davlatimiz tez rivojlanayotganini payqadim. Tibbiyot ham bu jarayondan mustasno emas: jigar köçirib ötkaziş amaliyoti ötkazila boşlandi.
Kasalliklarning oldini oliş va birinçi tibbiy yordamni kuçaytiriş zarur
Akademik Omor Qosimov sözlariga köra, tizimda samaradorlikni oşiriş uçun kasalliklarning oldini olişga alohida eʼtibor qaratiş lozim. Yaʼni, fuqarolar soğliğini saqlaş faqat yotib qolgandan keyin davolaş emas, balki xastalikning paydo bölişiga yöl qöymaslik, sababini erta aniqlaş va surunkali holatlarni töğri nazorat qilişdan iborat bölişi şart.
– Bugungi kunda tizimni faqat yangi şifoxonalar quriş bilan mustahkamlab bölmaydi, – deydi u. – Masalan, uç bosqiçli profilaktika joriy etiş zarur. Birinçidan soğlom turmuş tarzi va töğri ovqatlanişni şakllantiriş, ikkinçidan bemorni töğri yönaltiriş va himoya qiliş, uçinçidan surunkali kasallarni töğri davolaş va tiklaş tizimini takomillaştiriş muhim. Bundan taşqari aholi örtasida tuşuntiriş işlari ham olib boriş mumkin.
Taʼkidlaş joiz, Qirğizistonda yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlaş va davolaş böyiça yuqori texnologiyali mintaqaviy markazlar tarmoği kengaytirilmoqda. Hozir faoliyat yuritayotgan majmualar ötkir miokard infarkti payti koronar arteriyani taşhislaş va stendlaş uçun zarur sarf materiallari bilan uzluksiz va tekin taʼminot yölga qöyilgan.
Yilning birinçi yarmida Milliy kardiologiya va terapiya markazida 3 277 yuqori texnologiyali tibbiy aralaşuv amalga oşirildi. Bu ötgan yilning şu davridagi 2 052 muolajadan ança köp. Öş viloyatlar aro birlaşgan klinik kasalxonasida 2026-yil dastlabki beş oyida 450, 2025-yil tört oyda esa 279 muolaja ötkazilgan. Yurak jarrohligi transplantatsiyasi ilmiy-tadqiqot institutida dastlabki 6 oyda 425, Janubiy mintaqaviy yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazida 124 amaliyot qayd etilgan. Baliqçi şahrida yirik markaz oçilib, 170 ga yaqin muolaja olib borildi.
Markazlar yurak qon tomirlarini tekşiriş va lozim bölsa, stend qöyiş amaliyotini bajarmoqda. Bunday markazlar hududlarda barpo etilişi bemorlarni uzoq şaharlarga olib boriş vaqtini qisqartiradi, ötkir miokard infarkti payti barvaqt tibbiy yordam körsatiş imkonini beradi.
Erlan Karatayev yurak-qon tomir kasalliklari dunyo böylab bevaqt ölimning asosiy sabablaridan biri ekanini taʼkidlar ekan, hududlarda şunday ixtisoslaştirilgan markazlar rivojlantirilişi muhimligini taʼkidladi.
– Norin, Talas, Issiqköl, Jalolobod, Botken şaharlarida zamonaviy yurak-qon tomir markazlari qurilişi tufayli xalqimiz endi Bişkek yoki Öşga keliş uçun ortiqça vaqt sarflamayapti, – deydi tajribali kardiolog. – Lozim bölganda bemorlarga öz hududida zamonaviy tibbiy xizmat körsatila boşlandi.
Markaziy Osiyoda tibbiyot tobora rivojlanayotgani mintaqa xalqlari salomatligi yölidagi işlar rejali va samarali olib borilayotgani natijasidir.
Abduğafur Mamatov, ÖzA