O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 mart kuni sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 24 yanvardagi qarori bilan 2022 yilga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish dasturi qabul qilingan edi. Unga muvofiq, 2 ming 455 ta loyiha doirasida qariyb 37 trillion so‘mlik yangi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Yig‘ilish avvalida ushbu loyihalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatida bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi. “Elektron kooperatsiya” portali orqali tuzilgan shartnomalar ayrim hududlarda bajarilmagan. Elektron savdolarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Surxondaryo va Xorazmdagi korxonalar ulushi 1 foizga ham bormaydi. Kooperatsiya yetishmasligi sababli yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan ayrim tovarlar importi oshgan.

– bugungi o‘zgaruvchan sharoitda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashning eng samarali yo‘li bu – ichki imkoniyatlarni ishga solish, import bo‘layotgan ayrim mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish va sanoatni yanada rivojlantirish. Bu milliy iqtisodiyotimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda shu boradagi muhim chora-tadbirlar belgilandi. Yirik korxonalar bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiyani mahsulotlar kesimida yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Misol uchun, Navoiy kon metallurgiya kombinati xorijdan olayotgan mahsulotlar va ularga texnik talablar haqidagi ma’lumotlarni “kooperatsiya portali”ga joylashtirgandan so‘ng, ilgari import qilingan 600 milliard so‘mlik mahsulotlarni hozir 18 ta mahalliy korxona yetkazib bermoqda.

Prezident bu tajribani barcha tarmoq va hududlarda yo‘lga qo‘yish, import qilinayotgan mahsulotlarni o‘zlashtirishga tadbirkorlarni jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.  

Shu maqsadda sanoat yarmarkalari o‘tkazish tartibi ham o‘zgartiraladi. U yerda tayyor mahsulotga xaridor topish bilan birga, o‘zlashtirishga tavsiya qilinayotgan tovarlar bo‘yicha biznes rejalar ham ishlab chiqiladi. Loyihaga qiziqqan tadbirkorlar shu yerning o‘zida buyurtmachi bilan xarid shartnomalarini, banklar bilan moliyalashtirish masalasini kelishib oladi.

Buning uchun “O‘zekspomarkaz”da doimiy ishlaydigan sanoat ko‘rgazmasi, viloyat markazlari va sanoat zonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “shou-rum”lari tashkil etiladi.

Shu bilan birga, yangi loyihalarning marketing tadqiqotlari, mahsulotni xorijda sertifikatlash xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi aytildi.

Yig‘ilishda jahon bozorida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xomashyo olib kelib, bojxona hududida qayta ishlab, eksport qiladigan korxonalarga, apreldan boshlab, qator imtiyoz va yengilliklar berilishi belgilandi. Jumladan, ularning loyihalari uchun texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, bojxona to‘lovlari ta’minoti talab etilmaydi, ularga ruxsatnoma berish muddati 3 barobar qisqaradi, olib kelingan dastgohlar uchun bojxona bojlari undirilmaydi.

Yangi bozorlarga kirish uchun sanoatga xalqaro standartlarni keng joriy qilish ham zarur. Misol uchun, 2019-2021 yillarda to‘qimachilik yo‘nalishidagi 2 mingta korxona xalqaro sertifikat olgani hisobiga ularning eksporti 1,5 barobarga oshgan.

Qolaversa, yaqinda “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qildi. Bu ham katta imkoniyat, yangi bozorlar, degani.

“O‘zstandart” agentligiga xalqaro sertifikatga ega korxonalarni boshqa tarmoqlarda ham ko‘paytirish, hududlardagi “Loyiha ofislari” huzurida Xalqaro standartlarni o‘rgatish markazlarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Yurtimizda xomashyosi bo‘lgan yana bir sanoat tarmog‘i bu – qurilish materiallari. Bu boradagi geologiya zaxirasini kengaytirishga 100 milliard so‘m ajratilgan. Joriy yilda 1 milliard 800 million dollarlik 420 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Mutasaddilarga ushbu loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, qurilish materiallari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.  

Farmatsevtika tarmog‘ida mavjud quvvatlarni to‘liq safarbar etish va import o‘rnini to‘ldirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lumki, sanoat korxonalari ilm va innovatsiyadan ajrab qolsa, yangi raqobat sharoitiga moslashishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga hududlardagi korxonalarni zamon talabiga uyg‘unlashtirish, mahsulot sifatini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilishda sanoat tarmoqlari va yirik korxonalar rahbarlari, hokimlar so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish – milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishi