Özbekiston Prezidentining Ömon Sultonligiga davlat taşrifi yakunlandi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Ömon Sultonligiga davlat taşrifi yakuniga yetdi.
Davlatimiz rahbari Masqat şahrida Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan tarixiy muzokaralar, şuningdek, uşbu mamlakat yetakçi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uçraşuvlar ötkazdi.

Sammit doirasida Strategik şeriklik töğrisidagi bitim qabul qilindi. Şu bilan birga, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, turizm, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan 30 dan ortiq hujjat imzolandi.

Iqtisodiy sohada 5 milliard dollarlik loyihalar töplami şakllantirildi.

Taşrif tadbirlari yakunlangaç, Masqat xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said kuzatib qöydi.

Davlatimiz rahbari Toşkentga jönab ketdi.
