Özbekiston va Ömon munosabatlari taraqqiyotining yangi sahifasi
Prezident taşrifidan söng...
Bugungi murakkab va tez özgarayotgan xalqaro munosabatlar tizimida har bir davlatning taraqqiyoti, avvalo, içki salohiyatdan samarali foydalaniş bilan birga, taşqi hamkorlik aloqalarini qay darajada töğri yölga qöyişiga ham boğliq. Şu nuqtai nazardan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Ömon Sultonligiga amalga oşirgan davlat taşrifi mamlakatimiz taşqi siyosatidagi muhim voqealardan biri sifatida alohida eʼtiborga loyiq. Mazkur taşrif ikki davlat örtasidagi anʼanaviy döstlik va özaro hurmat riştalarini yangi mazmun bilan boyitiş, iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilaş, şuningdek, Markaziy Osiyo va Körfaz mintaqasi örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Xususan, Özbekiston va Ömon munosabatlari teng huquqlilik, işonç va özaro manfaatlarni hisobga oliş tamoyillariga asoslanadi. Ömon Sultonligi xalqaro maydonda tinçlikparvarlik, muvozanatli taşqi siyosat va konstruktiv muloqot tarafdori sifatida eʼtirof etilgan. Özbekiston esa sönggi yillarda oçiq, pragmatik va faol taşqi siyosat yuritiş orqali nafaqat mintaqada, balki jahon hamjamiyatida ham işonçli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlab bormoqda.
Ikki mamlakat rahbarlarining Masqat şahrida oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlanişi ham özaro aloqalarga berilayotgan yuksak siyosiy baho, xalqlarimiz örtasidagi döstlikni rivojlantirişga bölgan qatʼiy intilişning yorqin ifodasidir. Zero, davlatlararo munosabatlarda siyosiy işonç alohida örin tutadi. U nafaqat diplomatik muloqotlarning barqarorligini taʼminlaydi, balki uzoq muddatli investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş, işbilarmonlik aloqalarini kengaytiriş va yirik iqtisodiy taşabbuslarni ilgari suriş uçun ham qulay zamin yaratadi. Bugun Özbekiston va Ömon munosabatlarida aynan şunday yangi bosqiç uçun zarur siyosiy asos şakllangani alohida eʼtiborga molik.

Özbekiston va Ömon iqtisodiyotlarining muhim xususiyati şundaki, ular köp jihatdan bir-birini töldiruvçi salohiyatga ega. Bu esa hamkorlikni oddiy tovar ayirboşlaş doirasidan çiqarib, sanoat kooperatsiyasi, investitsiyalar, texnologiyalar transferi va qöşma işlab çiqariş loyihalari darajasiga olib çiqişga xizmat qiladi.
Keyingi yillarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş, xususiy sektor uluşini oşiriş va eksport geografiyasini kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar mamlakatimizni xorijiy sarmoyadorlar uçun yanada jozibador qilmoqda. Ömon Sultonligi esa geografik jihatdan nihoyatda qulay joylaşuvi, Hind okeani va Arab dengiziga çiqiş yöllari, zamonaviy portlari, rivojlangan logistika tizimi hamda xalqaro investitsiya maydonidagi tajribasi bilan ajralib turadi.
Ayniqsa, Ömonning Duqm, Salola va Sohor kabi yirik portlari mamlakatning xalqaro savdo va tranzit salohiyatini belgilab beruvçi muhim infratuzilma obʼektlari hisoblanadi. Uşbu bandargohlar orqali Janubiy Osiyo, Şarqiy Afrika, Yaqin Şarq va boşqa mintaqa bozorlariga töğridan-töğri çiqiş mumkin. Demak, Özbekistonning işlab çiqariş va eksport salohiyati bilan Ömonning dengiz savdosi, logistika va sarmoyaviy imkoniyatlarini özaro uyğunlaştiriş har ikki mamlakatga katta iqtisodiy samara keltiradi.
Bunday hamkorlikning amaliy natijasi nafaqat yuk taşiş muddatlarining qisqarişi, balki eksport xarajatlarining kamayişi, mahsulotlar raqobatbardoşligining oşişi va yangi bozorlarni özlaştirişda ham namoyon böladi. Eng muhimi, transport yölaklarini rivojlantiriş ikki davlat örtasidagi savdo aloqalari bilan çeklanib qolmaydi. Bu jarayon butun Markaziy Osiyo mintaqasining Körfaz davlatlari va xalqaro dengiz savdo tarmoqlariga integratsiyalaşuvini kuçaytirişga turtki beradi.
Şu bilan birga, Özbekiston va Ömon örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş uçun hali işga solinmagan katta zaxiralar mavjud. Özbekiston Ömon bozoriga töqimaçilik va tayyor kiyim-keçak, meva-sabzavot, oziq-ovqat, quriliş materiallari, kimyo sanoati tovarlari va boşqa turdagi mahsulotlarni yetkazib beriş salohiyatiga ega. Öz navbatida, Ömon orqali mintaqaviy va xalqaro bozorlarga çiqiş, dengiz logistikasi xizmatlaridan foydalaniş, şuningdek, mamlakatimizda talab yuqori bölgan ayrim sanoat jihozlari va texnologik yeçimlarni import qiliş böyiça şeriklikni rivojlantiriş mumkin.
Mazkur davlat taşrifining ahamiyatini faqat ikki tomonlama munosabatlar doirasida baholaş töğri bölmaydi. Uning yana bir muhim jihati Markaziy Osiyo va Körfaz arab davlatlari örtasida şakllanayotgan yangi iqtisodiy va siyosiy hamkorlik muhitini mustahkamlaşga qaratilganidir. Sönggi yillarda uşbu ikki mintaqa örtasidagi muloqot sezilarli darajada faollaşdi. Oliy darajadagi sammitlar, vazirlar uçraşuvlari, biznes-forumlar va investitsiyaviy muloqotlar tomonlarning özaro qiziqişi tobora ortib borayotganini körsatmoqda.
Buning obʼektiv sabablari bor. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy modernizatsiya, sanoatni rivojlantiriş, transport infratuzilmasini kengaytiriş va taşqi bozorlarga çiqişga intilayotgan bölsa, Körfaz davlatlari iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş, neft va gaz daromadlariga qaramlikni kamaytiriş, xalqaro investitsiya portfellarini kengaytiriş hamda oziq-ovqat va energetika xavfsizligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Şu jihatdan, ikki mintaqa manfaatlari özaro uyğun keladi. Bir tomonda – boy tabiiy resurslar, sanoat va agrar salohiyat, inson kapitali va istiqbolli isteʼmol bozorlari mujassam. Ikkinçi tomonda esa – moliyaviy resurslar, investitsiya tajribasi, dengiz portlari, xalqaro logistika tarmoqlari va zamonaviy boşqaruv amaliyoti mavjud.
Xulosa qilib aytganda, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Ömon Sultonligiga amalga oşirgan davlat taşrifi ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötaribgina qolmay, Markaziy Osiyo va Körfaz arab davlatlari örtasidagi köp qirrali integratsiya jarayonlarini mustahkamlaşda muhim geoiqtisodiy köprik vazifasini bajaradi.
Gulnoraxon ABDUVOHIDOVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Mehnat,
soğliqni saqlaş va ijtimoiy masalalar qömitasi aʼzosi.
ÖzA