Choʻlni kezib, yoʻl topolmay, toliqasiz. Kutilmaganda roʻparangizdan oʻtov va tuyalar chiqsa, buning hayrati va quvonchi oʻzgacha ekanini sezasiz.

Choʻlni kezib, yoʻl topolmay, toliqasiz. Kutilmaganda roʻparangizdan oʻtov va tuyalar chiqsa, buning hayrati va quvonchi oʻzgacha ekanini sezasiz. Info-tur ishtirokchilari ham Sintob qishlogʻidan ortga qaytib, Qizilqum sahrosi oʻrtasida joylashgan Konimex tumanidagi yoʻldan ketayotib, ana shunday manzaraga guvoh boʻldilar.

Guruhimiz bilan transport vositasidan tushar ekanmiz, choʻl bagʻridagi rang-barang oʻtovlarni koʻrib, charchoqdan mudragan koʻzlarimiz chaqnadi. Botayotgan quyoshning soʻnggi nurlari aks etgan bu makon sehrli bir koʻrinishda boʻlib, hayajoni kuchlilar “voy, tuyalar, buncha koʻp oʻtov” deya hayratini namoyon ham etishga ulgurdi.

Har birimiz atrofga razm solib, oʻzimizni qiziqtirgan savollarga javob izladik. Atrof bilan birma-bir tanishdik.

Kelgan manzilimiz “Qizilqum safari” sayyohlik firmasiga tegishli boʻlib, ajratilgan uch gektar hududda 22 dona oʻtov oʻrnatilgan ekan. Ularning har biri zamonaviy konditsionerlar bilan taʼminlangan boʻlib, toʻrt kishiga moʻljallangan. Buxorodan 270, Samarqanddan 380 kilometr masofada joylashgan bu manzildagi qora uylarni bezashda milliylikka alohida urgʻu berilgan. 100 kishi sigʻadigan yozgi ayvon, sovuq va yomgʻirli kunlar uchun alohida qishki joy tayyorlangan. Toza suv 8 kilometr uzoqda joylashgan quduqdan tortib kelingan. Suv nisbatan shoʻr boʻlgani uchun taomlarda ishlatilmaydi. Ovqatlanish shaxobchasida foydalanish uchun shahardan qadoqlangan idishlarda suv olib kelinar ekan. 80 kilometrdan keyin Qozogʻiston hududi boshlanar ekan. Aholi yashaydigan eng yaqin manzil esa 4 kilometr uzoqda joylashgan boʻlib, Doʻngalak qishlogʻi deb ataladi.

–2003-yilda sayyohlik maskani ochilganda uchta oʻtov bor edi, ikki yil elektrsiz oʻtirdik, tuyalarni uzoq izladik, ikkita boʻlsa-da sayyoh kelarmikan deb kutib oʻtirganmiz, –deydi “Qizilqum safari” sayyohlik firmasi rahbari Vohid Pirmatov. – Yildan yilga sayyohlarga berilgan imtiyoz tufayli, sharoitimiz yaxshilanib, qator qulayliklar yaratildi. Endi yuzlab mehmonlarni kutib olmoqdamiz. Navroʻzdan boshlab, noyabrning sovuq kunlariga qadar mehmonlar kelib turadi. Ularga mahalliy aholi yaʼni qozoq ovullarining milliy taomi beshbarmoq, oʻzbek milliy taomlaridan osh juda yoqadi. Kelgusida xorijlik mehmonlarni yanada koʻproq shu yerda ushlab turish uchun kiygiz yaʼni choʻl aholisi chorva junidan tayyorlaydigan gilamlar yaratilishi bilan bogʻliq mahorat darslari tashkil qilmoqchimiz. Hozirda 12 tuyamiz sayyohlarga xizmat qilmoqda.

Ha, barcha qulayliklarga ega, sehrli manzilda gulxan atrofida doʻstlar jamlanib oʻtirishiga nima yetsin. Balki shu bois Navoiy viloyatida sayyohlarga oʻtovlarda qolish, folklor musiqadan bahramand boʻlish va sahroda yulduzli osmonni tomosha qilish imkoniyati taqdim etilar.
Yonimizda doʻmbira chertib, qozoq termalaridan ijro etayotgan baxshining qoʻshiqlarini tinglab, oʻzimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.

– 4-sinfdan buyon qoʻshiq aytaman, ustozim otam, – deydi Jumaqul Musayev.– Sayyohlarga qozoq xalqiga xos boʻlgan milliy oʻlanlarni kuylab beraman. Rosa qiziqib eshitadi. Diskini soʻraydi. Hozirda hududga xos oʻlanlardan 50dan ortigʻini bilaman. Oʻzim shu atrofdagi Doʻngalak qishlogʻida yashayman. Qishlogʻimizda kelinsalomlar oʻlanchilar ishtirokisiz oʻtmaydi.

Gulxan atrofida oʻtirgan sayyohlardan biri oʻzini Janob Mateas deb tanishtirdi. Turmush oʻrtogʻi bilan Germaniyadan kelgan ekan. U tuya mingani haqida maroq bilan soʻzlab, Oʻzbekiston haqidagi taassurotlarini biz bilan baham koʻrdi.

–Ochiq osmon ostidagi oʻtovda dam olish, buning ustiga gulxan atrofida isinib oʻtirish – aynan men orzu qilgan yumushdan biri, –deydi xorijlik mehmon. – Hozirgacha, Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Chimyon togʻlariga bordim. Keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasiga borib, 1960-yillarda katta port boʻlgan, hozirda choʻlga aylangan Orol sohillarini koʻrdim. Xiva va Buxoroda boʻldim. Ana shunday hayratlar bilan 14 kun oʻtib ketibdi. Navoiy viloyatiga kelib, Sarmishsoydagi bronza asriga oid rasmlarni koʻrdim. Tabiati ham maftunkor. Hozir aytilgan oʻlanni telefonimga yozib oldim. Hamkasblarimga eshittirish uchun. Ertaga Qashqadaryoga joʻnab ketmoqchimiz.

Albatta, barcha turdagi sayyohlar Oʻzbekistonni birdek sevib qoladi deyish notoʻgʻri boʻlar. Biroq, koʻpni koʻrgan kishi uchun Navoiyda ham koʻplab qiziqarli maskanlar mavjudligiga guvoh boʻldik.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sahroda yulduzli osmonni tomosha qilish imkoniyati taqdim etiladi
Жамият
22:50 / 30:09:2019