Ayni kunlarda turizm sohasi rivojlantirilib, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” nomli ichki turizm dasturi jadal olib borilmoqda.

Joriy yil mazkur yo‘nalishga 1,7 million xorijiy, 7,5 million mahalliy sayyohlarni jalb qilish, turizm xizmatlari eksportini 370 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.  

Farg‘ona viloyatida ham bu borada aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.  

Viloyat hokimligi huzurida “Shohimardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etilib, Farg‘ona tumanidagi “Shohimardon” va “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inlarining ekoturizm salohiyati, hududdagi yangi turizm yo‘nalishlari kengaytirilishiga erishilmoqda.  

Dilbar tabiati tufayli Farg‘ona viloyatining anklav hududida joylashgan Shohimardon qishlog‘i «O‘zbekiston Shveysariyasi»ga qiyoslanadi. Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘i va Qirg‘iziston Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumanida sayyohlik mavsumining ochilishi ham ana shu sa’y-harakatlar samarasidir.  

Shohimardon-Ko‘li Qubbon osma yo‘li ishga tushdi. Qishloq markazidagi istirohat bog‘ining ta’mirlanishi, hududga tungi chiroqlar o‘rnatilib, markaz obodonlashtirilishi, eng asosiysi, yo‘lovchilar uchun mikroavtobuslar qo‘yilishi belgilandi. Demak, Shohimardonda yangi turistik mavsum boshlandi. Oloy tog‘ tizmasining shimoliy yon bag‘rida, taxminan 1 ming 550 metr balandlikda joylashgan ko‘hna qishloq yurtdoshlarimiz va xorijliklarni ohanraboday chorlab turibdi.    

Farg‘ona shahridan 60 kilometr janubda, Oloy tog‘ bag‘rida joylashgan so‘lim go‘shada 3 800 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.  Qishloqning bahavo tabiati, shifobaxsh suvlari, muqaddas ziyoratgohlari, yumshoqko‘ngil, dilkash odamlari tashrif buyuruvchining e’tibori va mehrini tortadi.  

“Shohimardon” – “mardlar shohi” demakdir, xalq uni “yengilmas yigitlar shohi” deb ham ta’riflaydi. Diniy bilim egalarining izohlashicha, bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning kuyovi, to‘rtinchi xalifa Hazrat Aliga nisbat beriladi va u “Hazrati Shohimardon pirim”  deya ehtirom bilan tilga olinadi. Muqaddas manbalar Hazrat Alining bemisl kuch sohibi, pahlavon, mard, yengilmas, bahodir, alp kelbatli zot ekanligi, uning qirq gazlik zulfiqor (qilich)i bo‘lganligidan xabar beradi.  

O‘zbek xalq dostoni “Alpomish”da Boybo‘ribiy va Boysaribiylar befarzandlik dardida alam chekib yotganida Boysun o‘lkasidan Shohimardon sari yo‘l solib kelishadi. Hazrati Shohimardon pirim mozorotida 39 kecha tunab, so‘nggida bir tush ko‘radilar. Tushlarida bir sharif zot olmani ikki bo‘lib, ularga tutadi. Biriga bir qiz, ikkinchisiga bir o‘g‘il, bir qiz farzand nasib etishini aytadi.  

Yoshi ulug‘larning aytishicha, muqaddas murodxona maqomida qadrlanib kelgan mozorotni ziyorat qilishning ham o‘z qoidasi bo‘lgan. Dastlab ulkan tog‘ bag‘riga, tepalikka piyoda chiqqan inson “Jannatariq” deb nomlangan soyda cho‘milib, jisman poklangan, shifobaxsh suvdan tanasiga darmon olgan, so‘ngra “Chakkatomar” bulog‘i suvidan ichib, keyin Hazrat Ali mozorini ziyorat qilib, ezgu niyatlarining ijobatini tilab, duoga qo‘l ochgan.  

Rivoyatlarda aytilishicha, Hazrat Alining 7 joyda mozori bo‘lgan (Hazratning vasiyati bilan unga yettita tobut yasalib, yetti joyga dafn qilingan). Hazratdan ushbu tobutlarning qay birida bo‘lishlari so‘ralganda, u zot “Besh tog‘ning orasi, ikki suv qo‘shilgan joydagi tepalik”ka ishora bergan ekanlar.  

Hazrat Ali maqbarasi bot-bot talafotlar og‘ushida qolgan. 1826 yilda Shohimardonda sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida maqbara vayron bo‘ladi. Sobiq ittifoq mafkurasi ostida bir necha marta buzib yuborilgan, yondirilgan, talon-taroj qilingan. Odamlar sho‘ro hukumatining qattiq qarshiliklariga qaramay, tabiatning go‘zal quchog‘iga tashrif buyurishni, uning ziyoratini ado etishni kanda kilishmagan.  

Bu yerda o‘nlab ziyoratgohlar bor. Ularning eng mashhuri “Chakkatomar”dir. Turkman shoiri Omonturdi Annaturdiyev “Yelkada mozor, ko‘ngilda ozor, Tog‘ yig‘lar...” deb yozganida aynan uni nazarda tutgan edi. Shoir qoyalar orasidan chakkilab tomib turgan suvni sho‘ro hukumati tomonidan Hazrat Alining maqbarasi vayron etilgan mudhish kunlarda muqaddas hokni ko‘tarib turgan tog‘ning ko‘z yoshlariga qiyoslaydi. Aytishlaricha, chakkatomar suvini ichgan inson ham ruhiy, ham jismoniy yengillik sezadi, tomir-tomirlariga darmon inganday bo‘ladi.

Buloq yoniga farzandtalab ayollar, baxtini kutayotgan qizlar, umuman, yaxshi niyatli odamlar kelib, shifobaxsh suvdan totinganlar.  

Oqsuvmozor ham Ko‘liqubbonga ketish yo‘lida joylashgan ziyoratgoh.  Aytishlaricha, Hazrat Alining tobuti ortilgan oq tuya tog‘lar orasidagi ikki daryo tutashgan joyga kelib to‘xtabdi. Harchand tuyaga ishorat qilsalar ham u o‘rnidan qo‘zg‘almagan. Tuya bir necha qadam tashlab, shu yerda yotib olgach, vasiyatda aytilgan joy shu ekanligini anglaydilar. Ba’zi badniyat kishilar oq tuyaga egalik qilishmoqchi bo‘lishadi, ko‘p urinsalar-da, jonivorni olib ketolmagach, alamlariga chidolmay, tuyani savalaydilar. Norozi bo‘lgan oq tuya tog‘lar orasidagi g‘or ichiga kirib ketadi. O‘shandan buyon tuya g‘oyib bo‘lgan yerdan qishin-yozin to‘xtamay suv oqaverarkan. Odamlar bu suvlarni oq tuyaning ko‘z yoshlari ekanligiga ishonib, o‘sha-o‘sha bu yerlarni muqaddaslashtirishgan.  

Ziyoratgohlarga milliy o‘zlikni anglash,  tarixiy xotirani tiklash, ajdodlarimizdan meros urf-odat, qadriyatlarga bo‘lgan muhabbat va ehtiromni namoyish etish timsoli sifatida qaraladi. Istiqlol sharofati bilan bu ulkan moddiy-ma’naviy meros ona xalqimizga qaytarildi.  

Shohimardon tabiati muzeyida besh yuzdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi. Qadimgi qoya-toshlarga o‘yib yozilgan bitiklar, 1900 yili fransuz sayyohi suratga olgan Hazrat Ali ziyoratgohining eski ko‘rinishi, o‘tgan asrga oid otalar choyxonasi gurunglari, oilalardagi hayot tarzi bu tabarruk maskanning ko‘hna tarixidan so‘zlayotgandek go‘yo. Qoya-toshlar saltanatidek o‘ktam va mag‘rur otalar, mehmonga muntazir sharqona hovlilar fayzi bo‘lgan munisa onalar, zarif qo‘shiqlar kuylab oqadigan zilol soylari, ikki yuzi qirmizi olma, kipriklari suv o‘tidek uzun-uzun qizlar, polvon yigitlar asrlarni qaritgan bu ikki qishloqda hayot davomiyligini ta’minlab kelmoqdalar.  

Bugun Shohimardon va shohimardonliklar sayyohlar tashrifini sog‘ingan. Zotan, bu zaminga yaxshi niyatda qo‘yilgan qadam xayrlidir.  

 M. Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shohimardon –“O‘zbekiston Shveysariyasi”