Reproduktiv salomatlik, gender zo‘ravonligi hamda odam savdosiga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida reproduktiv salomatlik, gender zo‘ravonligi hamda odam savdosiga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya doirasida mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalar keng muhokama qilindi. Shu bilan birga, gender zo‘ravonligi va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish jarayonida inson huquqlarini ta’minlash, xususan ayollar reproduktiv salomatligini himoya qilishning protsessual kafolatlari alohida e’tiborda bo‘ldi.
Tadbirda reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, zamonaviy tibbiy yondashuvlar, jumladan yordamchi reproduktiv texnologiyalar (EKO)ning ahamiyati va ularni huquqiy tartibga solish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, surrogat onalikning xalqaro tajribasi, uni milliy qonunchilik asosida tartibga solish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, ayollar reproduktiv salomatligini ta’minlashda mavjud muammolar, ularni hal etishning huquqiy mexanizmlari hamda amaliy choralar yuzasidan takliflar bildirildi. Ayollarning kasbiy faoliyatida stressga chidamlilikni oshirish, samaradorlikni ta’minlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Konferensiya davomida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, tibbiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali tizim samaradorligini oshirish masalalari ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.
Mazkur konferensiya turli soha mutaxassislarini bir maydonga jamlab, dolzarb muammolarni kompleks yondashuv asosida muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda amaliy va huquqiy yechimlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Q2tnBVorA44?si=SeMXI2pnhXnPq1_r" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA