O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari, yoshlar, madaniyat va sport masalalari hamda xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitalari tomonidan “Voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlashga oid dolzarb masalalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarni reproduktiv salomatlik masalalari bo‘yicha o‘qitish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza yaratilgan. Xususan, bu jarayon ta’lim va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari bilan birgalikda voyaga yetmagan shaxslarning yoshi, psixologik va jismoniy o‘ziga xosliklari hisobga olingan holda ularning oilalari bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan, maxsus tasdiqlangan dasturlarga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

bugungi kunda umumta’lim maktablarining 1-4-sinflarida “Salomatlik darslari” o‘quv kursi atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, jismoniy tarbiya fanlari, 5-8-sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari”, 9-11-sinflarda “Sog‘lom turmush madaniyati” o‘quv kurslari biologiya, texnologiya, jismoniy tarbiya fanlari doirasida hamda 9-10-sinflarda biologiya fani doirasida reproduktiv salomatlik, o‘smirlar fiziologiyasi masalalari o‘qitib kelinmoqda. Bundan tashqari, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 1-11-sinflarda “Tarbiya” fani joriy etilib, reproduktiv salomatlik savodxonligini oshirishga qaratilgan mavzular kiritildi.

Davra suhbatida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda sohada hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar ham mavjudligi ta’kidlandi. Jumladan, yoshlar orasida tibbiyot va ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda sog‘lom oilani shakllantirish, o‘smirlar, ayniqsa, o‘smir qizlar reproduktiv salomatligini mustahkamlash bo‘yicha keng targ‘ibot va tushuntirish ishlari tashkil etilmayapti.

Bundan tashqari, umumta’lim maktablarida reproduktiv salomatlik va o‘smirlar fiziologiyasi masalalarini o‘qitish masalasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida olib borilmayapti. Shuningdek, ushbu o‘quv dasturlarini maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar tomonidan o‘qitilishi belgilangan bo‘lsa-da, aksariyat maktablarda nomutaxassis pedagog xodimlar tomonidan o‘qitilayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, reproduktiv salomatlik va o‘smirlar fiziologiyasi masalalarini o‘qitish uchun alohida dars soatlari ajratilmagani, ayrim hollarda mazkur mavzulardagi mashg‘ulotlar darslar oralig‘idagi katta tanaffuslar paytida ham tashkil etilayotganligi tanqid ostiga olindi. Qolaversa, tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar, seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalar umumta’lim maktablariga to‘liq yetkazilmagan.

Tadbir yakunlari bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzilib, unga sohalardagi yetuk pedagog, tibbiyot xodimlari, pedagog-olimlar, psixolog, dinshunos, adabiyotshunos va jamoatchi yoshlarni jalb qilish, ta’lim dasturlariga reproduktiv salomatlik va o‘smirlar fiziologiyasi masalalari o‘qitilishi yuzasidan ijtimoiy fikrni, xususan maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari, ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish, qolaversa, voyaga yetmagan shaxslarning fiziologik xususiyatlari hisobga olingan holda dasturlar ishlab chiqish, ularning oilalari bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqishga kelishib olindi.

Shuningdek, ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida tanlangan hudud umumta’lim maktablarida sinov tariqasida o‘quvchilarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilishini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Qayd etilgan muammo va kamchiliklarni tahlil etish asosida davra suhbati ishtirokchilari tomonidan voyaga yetmaganlarning reproduktiv salomatligini saqlash, ta’lim muassasalari o‘quv rejalariga reproduktiv salomatlik va o‘smirlar fiziologiyasi bo‘yicha tegishli o‘quv yuklamalarini kiritish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Nurillo NASRIEV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reproduktiv salomatlikni saqlash borasidagi muammolar ochiqlandi