Futbol: Özbekiston bugun Saudiya Arabistoniga qarşi maydonga tuşadi
Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi bugun, 17-noyabr kuni Qatar poytaxti Doha şahrida Saudiya Arabistoni termasiga qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşadi.
«Jassim bin Hamad» stadionida bölib ötadigan uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 20:30 da boşlanadi. Uşbu öyin Fabio Kannavaro boşçiligidagi terma jamoamiz uçun noyabr oyidagi xalqaro yiğin doirasidagi ikkinçi bellaşuv hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, bölajak bahs oldidan Saudiya Arabistoni terma jamoasi Janubiy Koreyani 3:2 hisobida mağlub etgan bölsa, Özbekiston Rossiyaga qarşi uçraşuvda 2:0 hisobidagi ustunlikni saqlab qola olmadi va yakunda 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Özbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari örtasidagi özaro uçraşuvlar statistikasiga nazar taşlasak, bugungi bahs raqiblar örtasidagi 13-uçraşuv böladi. Avvalgi 12 ta bellaşuvning törttasida futbolçilarimiz ğalaba qozongan, yettitasida saudiyaliklar zafar quçgan. Yana bir uçraşuv durang bilan yakunlangan. Gollar nisbati ham raqiblar foydasiga — 27:15.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA