🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Qo‘shma korxonada dori vositalari ishlab chiqariladi

Qo‘shma korxonada dori vositalari ishlab chiqariladi
Jamiyat
Tanlaş
22:01 / 18.03.2024

Jizzax viloyatida bunyod etilayotgan “Avantika Shifokor” O‘zbekiston – Hindiston qo‘shma korxonasida kelgusida yuzdan ziyod turdagi dori vositalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonning “Shifokor-82” hamda Hindistonning “Avantika Medex Pvt. Ltd.” kompaniyalari hamkorligida Zomin tumanidagi 11,5 gektar maydonda tayyor farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 30 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘, shundan 15 millioni AQSH dollari xorijiy sarmoyaga to‘g‘ri keladi. Kelajakda korxonada tabletka, kapsula, inyeksiya, gel va boshqa shakldagi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi “Avantika Shifokor “O‘zbekiston – Hindiston qo‘shma korxonasida tayyorlanadigan mahsulotlarning 70 foizini tashqi bozorga, qolgan 30 foizini ichki bozorga chiqarish mo‘ljallanmoqda.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Muallif: abdujalolqayumov