Toshkentda O‘zbekiston va Hindiston turistik biznesi vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-yilning 2–5-oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Haydarobod shahri (Hindiston) turoperatorlari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va qo‘shma turistik mahsulotlarni shakllantirishga qaratilgan B2B uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va “Cyentrum Air” aviakompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Uchrashuv “Toshkent — Haydarobod” yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tashkil etilgan tanishuv safari (FAM Trip) doirasida o‘tkazildi. Delegatsiya tarkibida Instagram tarmog‘ida 5 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan mashhur hindistonlik sayohat blogeri Vaibhav Kundra ham O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Hindistonlik mehmonlarga Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva bo‘ylab tarixiy-madaniy marshrutlar, shuningdek, gastronomik, ekologik va ziyorat turizmini o‘z ichiga olgan yangi turpaketlarni birgalikda ishlab chiqish taklif etildi.
Safar davomida hindistonlik vakillar Toshkent va Samarqand shaharlarining tarixiy-madaniy merosi hamda zamonaviy turistik infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
Ziyovuddin Nuriddinov,Doniyor Yakubov
Ulug‘bek To‘xtayev,Kamoliddin Karimov. O‘zA