Jizzaxda “Bolalik formulasi” muloqotida 28 ta yangi taşabbus ilgari surildi
20-noyabr — Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan Jizzax viloyatida “Bolalik formulasi” mavzusida oçiq muloqot taşkil etildi. Unda bolalarning huquqlari, manfaatlari va jamiyat hayotidagi iştirokiga doir masalalar muhokama qilindi.
Tadbir viloyat hokimligi, Özbekiston bolalar taşkiloti, Yoşlar işlari agentligi hamda Bolalar ombudsmani hamkorligida ötkazildi. Oçiq muloqotda 100 nafar bola iştirok etdi. Muloqot davomida bolalar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan masʼullarga murojaat qilib, öz taklif va taşabbuslarini örtaga taşladilar.

Eʼtiborlisi, tadbir davomida yoş avlod vakillari tomonidan jami 28 ta muhim taşabbus va muammo ilgari surildi. Bu raqam ortida yoş avlodni öylantirayotgan turli hayotiy masalalar mujassam. Ularning mazmuni esa bolalar ehtiyojlari birgina taʼlim bilan çeklanmasligini körsatadi.

Xususan, taʼlim sifati, salomatlikni muhofaza qiliş va raqamli xavfsizlik masalalari kötarildi. Ekologiya, sunʼiy intellekt va moliyaviy savodxonlik ham muhokama markazida böldi. Bolalar böş vaqtini mazmunli taşkil etiş masalasiga ham eʼtibor qaratildi. Yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş böyiça takliflar ham bildirildi.

Bolalar hayoti bilan bevosita boğliq bölgan uşbu yönalişlar, xususan, zamonaviy axborot muhitidagi raqamli xavfsizlik, yoşlarni mustaqil qaror qabul qilişga örgatuvçi moliyaviy savodxonlik hamda ekologik madaniyat kabi masalalar kelajak avlod dunyoqaraşini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muhimi, bolalar bu masalalarni faqat kuzatuvçi sifatida emas, faol iştirokçi sifatida muhokama qildi. Ular öz ehtiyojlarini ifodalaş, fikr bildiriş va yeçim taklif etiş imkoniyatiga ega böldi. Bunday muloqot bolalarda taşabbuskorlik va ijtimoiy masʼuliyatni şakllantirişga xizmat qiladi.

Oçiq muloqot yakunida eng yaxşi taklif mualliflari rağbatlantirildi. Ularga Özbekiston bolalar taşkilotining anʼanaviy anjumanida iştirok etiş uçun yöllanmalar topşirildi. Bu eʼtirof bolalarning faolligini qöllab-quvvatlaş va yangi taşabbuslarga undaş nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.

Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, bolalar ovozini eşitiş faqat bayram tadbirlari bilan çeklanib qolmay, ularning takliflarini tizimli örganiş va ijrosini nazorat qiliş davlat siyosatining doimiy ustuvor yönalişi bölib qoladi. Zero, bola manfaatlarini taʼminlaş uning fikriga ham hurmat bilan munosabatda bölişni talab etadi.

Jizzaxdagi “Bolalik formulasi” muloqoti ana şu yondaşuvning amaliy ifodasidir. Çunki bolalarning bugungi fikri ertangi jamiyat qiyofasini belgilaşda muhim örin tutadi.
Abdujalol Qayumov, ÖzA muxbiri