Qarovsiz joylarni boqqa aylantirayotgan taşabbus va bundan ruhlangan elning umumiy harakati
Bu yil kuzning boşlanişi menga sal oğir keldi. Baʼzida ruhiy va jismoniy çarçoq tufayli tez-tez bezovtalanadigan böldim.
Mendagi bu holatdan yaqinlarim ham taşvişlandi. Şu bezovtalik sabab mahallamizdagi yaşil hududga sayrga çiqişni odat qildim. Har kuni keçqurun bir özim, hatto telefonsiz aylanaman.
Yölak böylab yurib, daraxtzor örtasiga kelaman. Hammayoq yam-yaşil maysa. Yölaklar çetiga esa oppoq örindiqlar qöyilgan. Ularning biriga joylaşaman. Çuqur-çuqur nafas olib, osmonga termilaman. Bir muddat şu holatda turib, şu daqiqalardayoq tetiklik his qilaman.
Avval tanasi baquvvat, bir-biridan kim özarga ösişga harakat qilayotgan daraxtlarga, söngra yerdagi köm-kök maysalarga termildim. Yerning yuragi urayotgani, daraxtlar esa tabiatning keçki musiqasiga raqsga tuşayotganini his qildim. Şu payt hozirgina uyqudan uyğongan odam kabi tetik edim. Men daraxtlar bunçalar odamni sehrlaşi, kuç-ğayrat, soğliq, qalb tinçligini berişini his qildim.
Şu topda atrofimdan ötayotgan odamlar menga, men esa ularga eʼtibor bermasdim. Faqat, faqat mana şunday gözal, qalin daraxtzor oralab yurib borayotgan odamlarga qarab “Telefoningizni uyda qoldiring, bir zum tabiat bilan birga yaşang”, deb çorlagim kelardi.
Şu zaylda bir soatça ötirdim. Özim bilan özim yolğiz qolib suhbatlaşdim.
Har kuni mana şu daraxtzorga kelişni niyat qilib, örnimdan turdimu yölak böylab yura boşladim. Daraxtlarni sanadim. “... Bir, ikki... ellik, ellik bir… töqson yetti… yölak boşiga yetganda sanoqdan adaşdim.

Egasiz itlaru, boşpanasiz jonivorlar makon qurgan joy edi
Işqilib şu köçatlar qurib qolmasin-da!.. Çunki daraxtlar hayotimning bir bölagiga aylandi. Har kuni keçki payt vaqtimni daraxt sanaş bilan boşlayman. Qayerda deysizmi? Men yuqorida tasvirlagan yaşil manzil – Bektemir tumanidagi “Yangi rohat” köçasida taşkil etilgan boğ. Uşbu boğ 2025-yil 20-mart kuni prezidentimiz taşabbusi bilan barpo bölgan. Ilgari bu hudud çiqindilar bilan tölgan, taşlandiq, tartibsiz, odam yurişga qörqadigan, daydi boşpanasiz jonivorlar makon qurgan ovloq joylar edi. Şu bois kattalar işdan, bolalar maktabdan uylariga qaytişda bu köçani aylanib ötardi.
Töğrisini aytsam, öşa paytda köpçilik mahalladoşlarimizda “Işqilib bu daraxtlar kökarib ketarmikan, degan hadikli savol bor edi. Axir qarovsiz joyda giyoh undirişning özi böladimi?
Mana oradan bir yarim yil ötib, köçatlarning köplari atrofga soya-salqin beradigan daraxtlarga aylandi. Ularga nazar solgan odam yaxşi parvarişlanayotgani, har bir tup daraxt eʼtiborda ekaniga guvoh böladi.

Nega odamlar tabiatga zöravonlik qilişadi?
Bugun yurtimiz dalalariga, köçayu xiyobonlarga ekilgan har bir tup daraxtning kelajagi haqida qayğuradigan, unga ğamxörlik qilib, parvarişlayotgan insonlar bor. Keksalarimiz bejizga yangi niholni yoş bolaga qiyoslaşmaydi axir.
— Bektemir tumanidagi Suvsoz dahasida taşkil etilgan uşbu yaşil hududga köproq manzarali daraxtlar ekilgan, – deydi Bektemir tumani obodonlaştiriş boşqarmasi boşliğining örinbosari Olmosbek Şodmonov. – Şumtol, oqqayin, eman, arça, tez ösuvçi terak, igna bargli, doim yaşil bölib turuvçi va havoni tozalovçi şifobaxş daraxt hamda butalar bor. Biz daraxtlarning har biriga alohida-alohida yondaşib, parvarişlaşga harakat qilyapmiz. Ular asosan sunʼiy suğoriş tizimi orqali suğoriladi. Mavsumiy haşarotlarga qarşi biologik kimyoviy kuraş çoralari köriladi. Bahor boşlanişi bilan agrotexnik tadbirlar, daraxtlarni yoşartiriş işlari olib boriladi. Yoz oylarida har kuni ertalab va keçki salqinda suğoriladi.
Ammo bizni xafa qiladigan holatlar ham yöq emas. Hamma ham şunday yaşillikning qadriga birdek yetavermaydi. Aholi tomonidan köproq sunʼiy suğoriş tizimiga zarar yetkaziladi. Ayrim odamlarning kuçuklari suğoriş tizimini uzib yuboradi. Ayniqsa, yoz oylarida içimlikdan böşagan çiqindilarini, yegulikdan ortgan qoldiqlarini köm-kök maysazorga taşlab ketişadi.

Atrofimizdagi yaşil olam, gözal tabiat kim uçun qilinyapti?
Davlatimiz rahbari mana şu xayrli işlarning boşida özlari turibdilar. Matbuot sahifalariga köz yugurtiraman. Bu haqda maʼlumotlar, fotosuratlar juda köp. Prezidentimiz çiqişlarida yurtimizni yaşil hududga aylantiriş haqida kuyunib gapiradi. Yaşillik olamini köpaytiriş va asraş masalasini tegişli qaror va farmonlar bilan mustahkamlab qöymoqda.
Davlat rahbari şunça vazifalardan vaqt ajratib, bizni tabiatga yaqinroq bölişga undayaptilar. Demak, biz ham şunga munosib javob beraylik. Axir, atrofimizdagi yaşil olam, soya salqin daraxtlar, gözal tabiat kim uçun bölmoqda? Özimiz uçun! Kelinglar, har birimiz ana öşa yaşillikni asraş, yanada köpaytiriş uçun astoydil harakat qilaylik.
Nigora Rahmonova, ÖzA