Biz bilgan, bilmagan tabiat

“Daraxt”so‘zi bizga fors tilidan o‘tgan. U tana qo‘yib, shox va novdalar chiqarib, tomir otib o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlikni anglatadi. Daraxtlar – ekologik jihatdan eng foydali hisoblanadi. Ular odamga estetik zavq, go‘zallik baxsh etish barobarida, atmosferadagi karbonat angdridni yutib, kislorod chiqaradi.

Dono xalqimizning farzand tarbiyasini daraxt o‘stirishga qiyoslashi ham bejiz emas. Yosh niholni qaysi tomonga qaratib o‘stirsangiz, shu tomonga qarab bo‘y cho‘zadi. Biz, farzandlarimizni qaysi yo‘lga boshlasak, ular o‘shani davom ettiradi. Insonlar o‘z shajarasini daraxtga qiyoslashi zamirida ham o‘ziga xos g‘oya mujassam. Oila va undagi a’zolarning daraxt va uning shoxlariga qiyoslanishi ham bobo-buvilarimiz oqilona tafakkuri mahsuli hisoblanadi. Hatto, turkiy xalqlar yoki urug‘larni ifodalashda ham daraxt va uning shoxlari asosida chizib, ko‘rsatish usulidan foydalaniladi.

Yurtimizdan chiqqan buyuk mutafakkirlarimizning merosi keng dunyoni egallaganini ommaga anglatishda: “Xalqimizning ildizi chuqur yergacha yetib borgan”, – deb ta’kidlaymiz. Bundan ota-bobolarimizning ilm va ma’rifat bilan dunyoni zabt etganliklarini anglaymiz. 

Dono xalqimiz orzu-umidlari, turli o‘y-fikrlarini daraxtga bog‘lab, shunday maqollar yaratishganki, ularning inson tarbiyasida o‘rni beqiyos. 

Masalan, “Daraxt bir joyda ko‘karadi”, maqoli zamirida inson bir ishning boshini ushlasa, albatta, baraka topadi, – degan g‘oya singdirilgan. 

“Daraxtning bo‘shini qurt yeydi”, – maqolida ilmsiz, ma’rifatsiz odamning hayotda qiynalishi anglashiladi. Bir so‘z bilan aytganda, daraxt bilan bog‘liq barcha maqollar zamirida mehnatga o‘rgatish va tarbiyaviy ahamiyatga ega talqinlar ilgari surilgan.

Juda ko‘p joylarda daraxt bilan bog‘liq mo‘’jizaviy voqea-hodisalar borki ularni eshitib lol qolasiz.

Men tug‘ilib o‘sgan Buxoro viloyati Shofirkon tumani ko‘plab ma’rifatli, aziz va tabarruk insonlar yetishib chiqqani bilan mashhur. O‘sib-ulg‘aygan maskanimning o‘zida daraxt va uning aziz-avliyolar nomi bilan bog‘liq jihatlari borligini bilaman. 

“Bibi Kabo‘tpo‘sh”degan avliyo daraxti tepasida tug‘ – bor. Bu yerdagi daraxt o‘sishdan to‘xtab, kichkina kundaga aylanib qolgan. Ammo hamon insonlar u daraxtdan dardlariga shifo topishadi. Bir zamonlar ko‘k yo‘tal kasalligi bo‘lgan. Bu dardga chalingan bolalarga shu daraxtni yuvib, artib, ustidan ozgina suv oqizib, idishga solib olishadi. Shu suvdan bemor  bolaga ichirishadi. Bu yo‘taldan tez qutulishi uchun qilingan. Hozirgi kunda ham yo‘tal bo‘lgan bolalar tuzalavermasa,tezroq shifo topishi uchun bu joyga murojaat qilinadi. 

“Bibi Kabo‘tpo‘sh avliyo daraxti” deb nomlangan bu maskan, mana, asrlar osha hamon muqaddasligicha saqlab kelinmoqda. “Bibi” – “buvi”, “kabo‘t” –“ko‘k” degani. “Po‘sh” esa “kiygan” ma’nosini beradi. Shu tariqa “Bibi Kabo‘tpo‘sh”birikmasi “Ko‘k kiyim kiygan kampir” ma’nosini bildiradi.

“Bibi Kabo‘tpo‘sh” avliyosidan sal teparoqda “Childuxtaron”  avliyosi bor.  “Chil” – “qirq”, “duxtar” – “qiz” degani. “Qirqqiz” avliyo daraxtini  bilganimga 65 yildan oshyapti. Uni bolaligimda qanday ko‘rgan bo‘lsam hozir ham shunday. Sinmaydi, chirimaydi. Katta ham bo‘lmaydi, kichkina ham. Daraxt shunchalar qariki, odamning quchog‘iga sig‘maydi. Baland ham bo‘lmaydi, past ham. Shunisi bilan u – mo‘’jizaning o‘zginasi. Bu yerda yashaydigan aholi bu daraxtga hech qanday ozor yetkazmaydi. 

Ko‘chamizda “Bibi Nor” degan kayvoni (dasturxonchi) ayol shu avliyo daraxtning yonginasida yashardilar. 15 yoshlarimda u kishi Childuxtaron avliyo daraxti haqida gapirib bergan edilar. Aytishlaricha, kechqurunlari bu daraxtdan nur taralib, xursandchilik ovozlari eshitilar, uni faqat  xos odamlargina ilg‘ar emish. Bunday holga guvoh bo‘lganlar: “Childuxtaron (ya’ni qirq qiz) bazm qilyapti”, – deyishar ekan. Shunchaki odamlarning ko‘ziga bazm ko‘rinmas ekan. Bunga mahalliy aholi:“Childuxtaron avliyo daraxtining karomati”, – deb qaragan. Allohning inoyati bilan payg‘ambarlarga mo‘’jiza ko‘rsatish berilgani kabi, avliyolarga karomat nasib etadi. 

Shu avliyo haqida Sayfiddin amakimning ayollari – Rahima yangamiz ham qiziq voqeani aytib bergan edilar. U kishi ham bu avliyo  daraxtdan kechqurun nur taralishi, lekin u hammaga ham ko‘rinmasligi, qalbi toza, ixlos qilgan odamlargina ko‘ra olishini aytgan edilar.  Oilaviy hayotlarida ko‘p azob-uqibat tortgan ammalarining bu avliyo daraxt to‘g‘risidagi fikrlarini ham eslar edilar. Ammalari bir kechasi Childuxtaron avliyo daraxtidan nur taralib, qah-qah ovozlari bilan ila bazm qilayotgan qirqqizni ko‘rganlarini gapirib bergan ekanlar. Bularning qanchalik haqiqat ekani esa – faqat Allohgagina ayon.

G‘iyosiddin Xondamirning Alisher Navoiyga bag‘ishlangan “Makorimul-axloq” asarida keltirilishicha, Navoiy qurdirgan hovuzlardan birining ham, hammomlaridan birining ham nomi “Childuxtaron” bo‘lgan.

Biz yashagan hududda yetti avliyo zotning qadamjolari mavjud bo‘lib, xalq ularni “Haft dodaron”, ya’ni “Yetti aka-uka” deb yuritadi. Shu yettidan to‘rttasi – bevosita daraxt bilan bog‘liq. “Sayyidi Pok” nomi bilan bog‘liq joyda uchta daraxt – bor. Ularning shoxlari go‘yo bulutlarga yetuvchi ulkan tut daraxtining yer ustidagi aylanasi – 6 metrdan ko‘proq, diametri – 2 metrcha. Keksalarimiz bu daraxtning yoshini “500 yilga yaqin” deb taxmin qilishadi.

“Miri Kamol” nomi bilan bog‘liq avliyo joydagi daraxt ham juda ulkan. Uning shakli cho‘kkan tuyaga o‘xshaydi. Hayratdan yoqqa ushlaysiz. Shu yerliklar uni “Ushtur cho‘kdi” nomi bilan atashadi. 

Respublikamizning boshqa viloyatlarida ham aziz-avliyolar nomi bilan bog‘liq karomatli daraxtlar borki, ilm ularni o‘rganib, chuqur tadqiq etishni talab etadi.

Dunyoda inson aql-zakovati yetmaydigan qanchadan-qancha sir-sinoatlar mavjud. Lol bo‘lib qolishdan boshqa chora topolmaymiz.

Ehtimol, bu daraxtlar bizga tabarruk zotlarni esga olib turish uchun Alloh yaratgan bir mo‘’jizadir? Shu tariqa Yaratgan egam bizga shunday muqaddas insonlari bor bir buyuk go‘shaning farzandlari ekanimizni bot-bot uqtirib ham turar.

Ziyoda G‘AFFOROVA,

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori,

Toshkent amaliy fanlar universiteti dotsenti,

“Shuhrat” medali sohibasi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daraxtlar “bag‘ri”dagi sir-sinoat