Kuzning uyğoq sukunati va xazonlar şiviriga tarjimon satrlar
Ijod va ilhom
Har kimning öz yoqtirgan fasli böladi. Köpçilik kuz bilan suhbatlaşişni, olovrang daraxtzorlarni yolğiz sayr qilib, hikmat izlaşni yaxşi köradi. Har soniyada daraxtlardan öynoqlab tuşayotgan sariq yaproqlar yoş bolalarni quvontirsa, kattalarni vazminroq, öyçanroq, dehqonlarni esa andak şoşirib qöyadi.
Bu faslga har kimning özgaça taʼrif-u taşbehi bor. Bunda ijod ahli nima deydi? Özbek şoirlarining kuz haqidagi şeʼrlariga köz yugurtiraman. Kimdir misralarida kuzga mahzunlik, falsafiy kayfiyat bersa, yana qaysidir şoir umidbaxş taşbehlari bilan misralarni bezaydi.
Özbek şeʼriyatining zabardast namoyandasi Abdulla Oripov şeʼrlarida kuz manzarasini quyidagiça ifodalaydi.
Keçki kuzak kirmoqda, nina soçar izğirin,
Dehqon ham taşlab ketdi qadrdon dala-qirin.
Huvullab qoldi, mana, gavjum boğlar, boğçalar,
Yaşil ellarga tomon uçib ketdi quşçalar.
Ketdi qirdan turna ham, böşab qoldi tabiat,
Ölik mezonlar kezar sovuq dalada faqat.
Kahrabo köz yoş tökib turar faqat daraxtlar,
Ne qilsin, uçay desa, ularda yöq qanotlar...
Şoirning bu misralarida katta falsafiy qaraş, insonni kamolotga undaş ruhiyati bor. Dalada yolğiz qolgan kuz, hatto dehqonlar ham taşlab ketgan tabiat... Köz yoş tökayotgan daraxtlar misolida şoir bizga köp narsalarni aytmoqçi böladi. Bu falsafani ilğaş uçun esa kuzni seviş, his qiliş kerak.
Hassos qalbli şoira Halima Xudoyberdiyeva öz şeʼrida kuzgi barglar şivirini şunday ifodalaydi.
Öz dunyom içida boğlarni yaratdim.
Sölib bitdilar.
Tafakkur kuçidan toğlarni yaratdim.
Nurab ketdilar.
Boğlarim örnida xazonlar, supurdim,
Barg, xazon.
Toğlarim örnida tepalar, jim turdim.
Dilda qon.
Kuydim men, ammo kul bölmadim, qaytalab
Tuproqqa tökdim men, manglay ter, dil qonim.
Maysa, kök maysalar unda zap,
O, jonim!
“....Boğlarim örnida xazonlar, supurdim.” Bu xazonlar şoiraning öz manziliga yetib borolmay qolgan orzu-umidlari, armonga aylangan muhabbatiga mengzalgan bölsa ne ajab. Zero, u kuylagan boğlarda dehqonlarning ham barakasi bor.
Keç kuz. Namozşom.
Hovlida sukunat mudraydi.
Daraxtlarning zaʼfaron yaproqlari
Muzday şamol çangalida titraydi.
Qunişib ayvonda, Hassaga tayanib,
Qontalaş ufqqa tikilar keksa çol.
Öziga xos ovoz sohibi, şoir Tursun Alining “Uyğoq sukunat” nomli şeʼriy töplamiga kiritilgan uşbu şeʼridagi “Muzday şamol çangalida titraydi”, misrasi öquvçining diqqatini tortadi. Aslida tabiat hodisasi bölmiş muzday şamolda şoirning öziga xos qaraşi bor. Yaʼni taşbehlarda umrning sinovlari, insonning boşiga tuşadigan turli qiyinçiligu muammolardan sabr-toqat bilan ötgan va ötayotganlar keçmişi mujassam. Va öşa titroqlardan eson-omon ötib olgan inson hassaga tayangan otaxon misolida ufqqa boqib, quyoşning botişini tomoşa qiladi. Axir qontalaş ufqqa qarab botayotgan quyoşni faqat xotirjam, tinç va osuda yurtda yaşayotgan odamgina tomoşa qila oladi.
Avgustni taşlab, kuzga ötişni istamagan sevimli şoiramiz Farida Afröz bir şeʼrida şunday fiğon çekadi.
Meni kuzga uzatdi, avgust,
Yor-yor aytib, ölanlar aytib.
Soçlarimni yuvdi, yomğirlar,
Qöllarimdan şamollar tutib,
Taşlab ketdi...
Yorlar-yorlar aytib...
Kelmadi qaytib...
O, AVGUST!
Şoiraning qalb nolalari bejizga emas. Bu nolalar içida neça avgustlardan beri u bilan birga yaşayotgan kuçli muhabbat bor. U ana öşa muhabbatni taşlab ketgisi va usiz yolğiz kuzga ötgisi kelmaydi. Qança yomğirlar sinovidan ötib, poklangan muhabbatning kuz izğirinlarida qolib ketişini istamaydi.
El suygan ijodkor Usmon Azim “Kuzgi boğ” haqidagi şeʼrlarida kuzni qayğuga, hasratga va yetib bölmas makonga qiyoslaydi.
Bilaman, bu kuzdan bölmaydi ötib —
Uning qayğulari — tentaklik qadar,
Uning hasratlari — yuksaklik qadar.
Qalbingga men qanday boraman yetib,
Axir, örtamizda bir fasl kadar.
Uşbu misralardan kuzdan har kim öziça hikmat, falsafa izlaşi körinadi. Qaysidir şoir kuzgi misralarini gözallik, ayriliq, soğinç bilan boğlasa, boşqa ijodkorlar hosil, baraka, tökinlik ramzi sifatida köradi.
Özbek şoirlarining kuz haqidagi ijodiy namunalarini öqigan har qanday inson beixtiyor kuzga ergaşadi, bir lahza bölsa-da şeʼr bilan yaşaydi.
Nigora Rahmonova, ÖzA