Sochi shahrida «Roza Xutor» tog‘-chang‘i dam olish maskanida jurnalistlar uchun uyushtirilgan press-tur davom etmoqda.

12 dekabr kuni press-tur doirasida yangi faoliyat turlari, dam olish maskanini rivojlantirish, uning Yevroosiyo tog‘-kurortlari Alyansidagi ishtiroki va 2024 yilgi  tadbirlarini rejalashtirish masalalariga bag‘ishlangan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uni Arkadiy Markov olib bordi.  

Tadbirda Zoom platformasi orqali chiqish qilgan «Roza Xutor» tog‘-chang‘i dam olish maskani bosh direktorining  xalqaro aloqalar va turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sergey Xvorostyanыy qayd etganidek, o‘tgan vaqt davomida qariyb 1 million mahalliy va  300 mingdan ortiq  horijiy mehmonlar kurortga tashrif buyurgan. Yanvar-oktyabr oylari mobaynida  98 ta mamlakatdan kelgan sayyohlar  tog‘-kon kompleksi xizmatlaridan foydalangan.  Jumladan, ularning 53 foizi MDH mamlakatlari,  30 foizi Yaqin Sharq mamlakatlari, 11 foizi Yevropa ittifoqi mamlakatlari va  4 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.  

Ta’kidlanganidek, Alyansning hozirgi kundagi asosiy vazifasi unga a’zo mamlakatlarda  davlatlararo  tog‘ yo‘nalishini  tashkil qilish, Alyansdagi tog‘ dam olish maskanlari mehmonlari uchun yagona abonement hamda tadbirlar taqvimini ishlab chiqishtdan iborat.  

 «Roza Xutor» tog‘-chang‘i dam olish maskani Qozog‘istoning  «Shimbuloq», O‘zbekistonning «Amirsoy» va Xitoyning  «Tayvu» tog‘ dam olish maskanlari bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 2024 yilning mart oyida Tog‘-kurortlari  festivalini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Festival dasturida sohaga oid  taqdimot va  muhokamalar, taqdim etilayotgan xizmatlarning sifat standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha muloqot o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, festival doirasida tog‘ dam olish maskanlari uchun kadrlarni tayyorlash  bo‘yicha korporativ  universitet tashkil qilish istiqbollari muhokama qilinadi, sport jamoalarining o‘z liboslarida ko‘rgazmali chiqishlari va  milliy  oshxonalar kechasi bo‘lib o‘tadi.  

Shundan so‘ng tadbir qatnashchilari Alyansga a’zo mamlakatlar korporativ  universitetini  tashkil qilish masalasini batafsil ko‘rib chiqdi. Mazkur oliy o‘quv yurti Alyansga a’zo davlatlarning tegishli  ta’lim muassasalari bilan  yaqin hamkorlik qilishi qayd etildi.  Mutaxassislar tayyorlash modulli va amaliy mashg‘ulotlar  asosida amalga oshirilishi mumkin. Bu esa, ma’lum bir kurortning malakali mutaxassislari boshqa kurortdagi hamkasblari bilan  tajriba almashishi,  shu orqali  Alyansga a’zo mamlakatlarni umumiy rivojlanish sari  siljishini nazarda tutadi.  

Savdo va tegishli xizmatlar bo‘limi direktori Olga Gridina kurortda mehmonlarga taqdim etiladigan xizmatlar, xususan, chang‘i va snoubord uchuvchilar uchun «komfort», «progressiv» va «premium» tariflari bo‘yicha  to‘plamlarni ijaraga berish haqida so‘zlab berdi. Ijara punktlari qisqa vaqt ichida  sayyohga zarur to‘plamni tanlab berishi,  undan foydalanish, chang‘i yoki snuobordda uchish yo‘lini tanlash bo‘yicha qisqa tavsiyalar berishi mumkin. Bunga qo‘shimcha ravishda, chang‘i yoki snoubordda uchuvchilarga shaxsiy yoki ijaraga olgan chang‘i va bordlarini  texnik  ko‘rikdan o‘tkazuvchi maxsus xizmat ham mavjud.  

Tadbir ishtirokchilari  ushbu xizmatni yuqori baholadi va bu tajribani Alyansga a’zo mamlakatlarning boshqa kurortlarida ham tadbiq  etishni taklif etdi. Yandex DataLens  tizimi orqali mehmonning qiziqishlarini  sintezlash uning kurortga yetib kelgunga qadar bu yerda dam olishi va ko‘ngil ochishi uchun eng qulay sharoitlarni tanlash imkonini beradi. Shu bois, ko‘pchilik mehmonxonalarda Yandeks stansiyalari o‘rnatilgan. Unda Alisa ovozli yordamchi sayyohga shaxsiy gid bo‘lib xizmat qiladi.

«Roza Xutor» dam olish maskani vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kurortda eng asosiysi mehmon va uning qulayligi hisoblanadi.

Muzokara davomida Dmitriy Kolosov alohida qo‘riqlanadigan  tabiiy hududlarda turizmni  rivojlantirish haqidagi  hisobotni taqdim etdi. Unda kurort faoliyatining asosiy yo‘nalishlari aniq aks ettirilgan. Tabiat va tarixiy merosni asrab-avaylash,  sheriklik va hamkorlik,  kelgusi avlod haqida g‘amxo‘rlik qilish,  energiya samaradorligini ta’minlash,  chiqindilarni boshqarish masalalari shular jumlasidan.

Shundan so‘ng 2024 yilda «Roza Xutor» dam olish maskanida  o‘tkazilishi rejalashtirilgan asosiy tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Qishki musobaqalar orasida yanvar oyidan martgacha davom etadigan «Xutorenok» kubogi uchun  bolalar bellashuvlari, Rosa Fest festivali (27 yanvar-4 fevral),  konsert dasturlari, musobaqalar,  mavzuga oid animatsiyalar, Olimpiada o‘yinlari qatnashchilari bilan uchrashuvlar, spartakiadalarni o‘z ichiga olgan  “Sochidagi Olimpiadaning 10 yilligi” kabi muhim tadbirlar alohida qayd etildi. Shu bilan birga, 15-18 fevral kunlari frirayd bo‘yicha musobaqalar, 25-31 mart kunlari Boogel Woogel festivali, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan  musobaqalar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.  

Shuningdek, Sochi milliy bog‘i yubileyi  (6 may), Hot snow battle (12 iyun), Oila, sevgi va sadoqat kuni  (8 iyul), leopardlarning ko‘payishini tiklash maqsadida tashkil etiladigan Osiyo leopardi kuni (15 iyul), Gastrofest (1-6 avgust), “vertikal kilometrlik” marafoni bilan treylraning festivali (6-8 sentyabr), Turizm kuni (27 sentyabr), tog‘da yugurish bo‘yicha Rossiya kubogi (20-23 oktyabr) tadbirlarini ham  alohida ta’kidlash kerak.  

Tadbir ishtirokchilari yangi yil tadbirlarida dam olish maskanining Kosulya Ulya, Barsuk Tim, Yojik Shu kabi qahramonlari bolajonlarni xursand qilishiga e’tibor qaratdilar. Bu qahramonlar  «Soyuzmultfilm» kinostudiyasi va «Roza Xutor» kurorti hamkorligida ishlangan  bolajonlarning “Senimi, shoshmaytur! Ta’til” sevimli multfilmining davomi  sifatida 2021 yilda taqdim etilgan.  

Alpomish Mashrabxonov, O‘zA.

Rossiya, Sochi shahri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qardosh mamlakatlar tog‘-chang‘i kurortlarining hamkorligi yo‘lida