Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fransiyaning Oliy Psixomotor reabilitatsiya instituti (ISRP) rahbariyati orasida "Psixomotor terapiya" bo‘yicha imzolangan memorandumga asosan o‘zbek mutaxassislarining Parij shahriga bir guruh yosh tibbiy psixologlar, psixonevrologlar va nevrologlar qisqa muddatli malaka oshirib qaytishga muvaffaq bo‘lishmoqda.
Ayni kunlarda esa aynan Fransiyaning Oliy Psixomotor reabilitatsiya instituti (ISRP) ekspertlari yurtimizda mehmon bo‘lib turishibdi. Mehmonlar yurtimiz shifohonalarida bo‘lib, shifokorlar va bemorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KkK_4k1zge0" title="Psixosomatik tibbiyot va psixomotor terapiya boʻyicha xalqaro hamkorlik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ma’lumot o‘rnida Parij shahrida joylashgan ushbu institutning asosiy faoliyati psixomotor reabilitatsiya bo‘lib, davolashning bu usuli dunyoning bir qator davlatlarida joriy qilingan. Markaziy Osiyoda esa bu yo‘nalishga o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan birinchi bo‘lib qiziqish bildirilgan. Bunda nogironlik va falajlikning turli darajasidagi bemorlarga dorilarni kamaytirib, psixomotorik usullardan foydalangan xolda butunlay kasallikdan qutulish imkoniyati yaratiladi.
Qaysi soha bo‘lmasin xalqaro hamkorlik yurtimizdagi o‘sha sohaning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishi sir emas. Ayniqsa, tibbiyot sohasidagi bunday xalqaro memorandumlar imzolanishi ko‘plab bemorlarimizdagi kasalliklarning samarali davolanishiga, bolalardagi nogironlikning erta aniqlanib, to‘g‘ri tashxis orqali yuqori natijalarga erishiladi. O‘z o‘rnida davlat tomonidan bunday loyihalarning qo‘llab-quvvatlanishi esa alohida e’tirofga loyiqdir.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA