O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fransiyaning Oliy Psixomotor reabilitatsiya instituti (ISRP) rahbariyati orasida "Psixomotor terapiya" bo‘yicha imzolangan memorandumga asosan O‘zbekistonlik mutaxassislarning Parij shahriga ikkinchi tashrifi amalga oshirildi.

Dastlabki tashrif joriy yilning 6 iyul sanasidan 16 iyulgacha 10 kun davomida tibbiyot OTM kafedra mudirlari, davolash-profilaktika muasssalari va reabilitatsiya markazlari rahbarlari ishtirokida amalga oshirilgandi. Dekabr oyida esa bir guruh yosh tibbiy psixologlar, psixonevrologlar va nevrologlar qisqa muddatli malaka oshirib qaytishga muvaffaq bo‘lishdi.

Safar davomida 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Oliy psixomotor reabilitatsiya institutida qo‘shma dastur asosida psixomotor terapevtlarni tayyorlashga kelishib olindi. Malaka oshirib qaytgan bir guruh yosh tibbiy psixolog va psixonevrologlar suhbatlashar ekanmiz, o‘zlarining Parij taassurotlari va xalqaro tajriba imkoniyatlari haqida to‘lib toshib gapirishdi.

<iframe width="866" height="487" src="https://www.youtube.com/embed/wEoMW5ZfzUo" title="Psixomotor reabilitatsiya: xalqaro tajriba va amaliyot" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Ma’lumot o‘rnida Parij shahrida joylashgan ushbu institutning asosiy faoliyati psixomotor reabilitatsiya bo‘lib, davolashning bu usuli dunyoning bir qator davlatlarida joriy qilingan. Markaziy Osiyoda esa bu yo‘nalishga o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan birinchi bo‘lib qiziqish bildirilgan.

Bundan tashqari, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Psixosomatik tibbiyot va psixomotor terapiya” bo‘yicha o‘quv markaz ochish taklifi ilgari surildi. Bu esa yurtimizda psixosomatik tibbiyot rivojlanishiga va psixomotor terapevtlarning reabilitatsiya markazlarida faoliyat ko‘rsatishlariga keng yo‘l ochadi.

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Psixomotor reabilitatsiya: xalqaro tajriba va amaliyot (+video)