Zamonaviy dunyoda sotsiologiya va amaliy psixologiya muammolari muhokama qilindi (+video)
Bugungi kunda inson kapitalini rivojlantirish, jamiyatda ijtimoiy adolat va barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish dolzarb vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Shu nuqtai nazardan, sotsiologiya va amaliy psixologiya sohalarida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish, zamonaviy ijtimoiy jarayonlarni kompleks tahlil qilish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish bugungi kunning muhim talabiga aylanmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkazilgan “Zamonaviy dunyoda sotsiologiya va amaliy psixologiya muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi xalqaro hamkorlik asosida o‘tkazilib, unda Qozog‘istonning Akademik E.A. Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti, Sankt-Peterburg davlat texnologiya instituti (Rossiya); Turkiyaning Karabuk universiteti; Qozog‘iston Shakarim nomidagi Semey universiteti; Shri Lanka janubi-sharqiy universiteti; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi; O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi va boshqa xalqaro hamda milliy ilmiy tadqiqot markazlari ishtirokida tashkillashtirildi.
Ushbu ilmiy anjumanning asosiy maqsadi yosh olimlar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ilmiy ijodini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, xorijiy olimlar bilan ilmiy muloqot platformasini yaratish, zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Zero, ushbu yo‘nalishlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, institutlari, turmush tarzi va mehnat migratsiyasi kabi muhim omillarni ilmiy o‘rganishga xizmat qiladi.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/c-7jkFJmEJ4" title="Zamonaviy dunyoda sosiologiya va amaliy psixologiya muammolari muhokama qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA