Partiyaning deputatlik guruhlari faolligi yanada ortadi
Mamlakatimizda ötkazilayotgan “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati kengaşi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi viloyat hududiy bölinmasi hamkorligida Andijonda “Mahalliy kengaşlar va siyosiy partiyalar örtasida hamkorlikni kuçaytiriş” mavzusida seminar bölib ötdi.
Mazkur seminarda xalq deputatlari mahalliy kengaşlaridagi ÖzLiDeP partiya guruhlari rahbarlari, viloyat, tuman va şahar partiya kengaşlari masʼul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Seminarda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida ÖzLiDeP deputatlik guruhlarining taşabbuskorligini oşiriş, saylovoldi dasturi ijrosini taʼminlaş, saylovçilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilişda kengaş kotibiyatlari bilan hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş, vakillik organlari va siyosiy partiyalar hamkorligini kuçaytiriş, deputatlik guruhlari faoliyati samaradorligini oşiriş masalalari xususida atrofliça söz yuritildi.

ÖzLiDeP Andijon viloyati kengaşi raisining birinçi örinbosari – apparat rahbari Hojimuhammad Hasanov mahalliy kengaşlardagi partiya deputatlik guruhlari tomonidan joylardagi muammolarni örganiş, hal etiş, aholi farovonligini yuksaltiriş, hududlarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxşilaşga qaratilgan tizimli işlar olib borilayotganligini taʼkidlandi.
Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi viloyat bölinmasi rahbari Farhodbek Otaxonov partiya deputatlik guruhlari faoliyati samaradorligi hamda ularning oldida turgan ustuvor vazifalar haqida gapirdi.
Seminarda ÖzLiDePning viloyat vakillik organlaridagi mustahkam örni va siyosiy salohiyati alohida eʼtirof etildi. Jumladan, Andijon viloyatidagi xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar kengaşlarida ÖzLiDeP deputatlik guruhlari şakllangan bölib, ularning tarkibiga kirgan 146 nafar deputat samarali faoliyat olib borayotgani qayd etildi.

Mutaxassislar tomonidan zamonaviy media makonda partiya faoliyatining oçiqligi va fuqarolar bilan töğridan-töğri muloqot darajasi yuqori baholandi. Viloyatda faoliyat körsatayotgan siyosiy partiyalarning rasmiy Telegram kanallari körsatkiçlari tahliliga köra, ÖzLiDeP viloyat kengaşi resursi 1,3 mingdan ortiq faol kuzatuvçiga ega ekani, biznes taşabbuslari, qonunçilik tarğiboti hamda fuqarolar murojaatlari bilan işlaş jarayonlarini tezkor va taʼsirçan yoritib borilayotgani maʼlum böldi.
Şuningdek, partiyaning amaliy taşabbuslari sifatida viloyatda “Xalq bilan birga!” umummilliy dasturi amalga oşirilmoqda. Bundan taşqari, aholi va biznes vakillarini qiynayotgan masalalarni hal etiş yuzasidan tizimli kompleks monitoringlar ötkazilib, imtiyozli kreditlar ajratiş va kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça aniq takliflar şakllantirilmoqda, yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş maqsadida Andijon şahridagi “Yoşlar texnoparki”da sunʼiy intellekt yönalişida amaliy seminar hamda öquv kursi taşkil etilganligi, kursga 60 nafardan ziyod yigit-qiz qamrab olinganligi aytib ötildi.

Partiyaning yana bir muhim yutuği – mahalliy kengaşlar sessiyalarda qatʼiy deputatlik nazorati yölga qöyilgan. ÖzLiDeP deputatlari sessiya muhokamalarida korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraşiş, mansabdor şaxslar hisobdorligini taʼminlaş, mahalliy byudjet daromadlarining şakllanişi hamda davlat dasturlarining manzilli ijrosi ustidan taʼsirçan nazorat olib bormoqda.
Seminar yakunida partiya deputatlik guruhlarining nazorat faoliyatini yanada kuçaytiriş mexanizmlari, jumladan, sessiyalar kun tartibini şakllantirişda partiya tomonidan tayyorlangan dolzarb masalalar va dasturiy taşabbuslar paketini ilgari suriş, kengaşlar qarorlari loyihalarini işlab çiqişda partiya taşabbuslari uluşini oşiriş hamda deputatlik sörovlari natijalarini matbuotda keng yoritiş yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri