Farmatsevtika xodimlari kuni belgilanişi kutilmoqda
Senatning Fan, taʼlim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi majlisida “Özbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartirişlar kiritiş haqidagi hamda “Narkotiklar va kuçli taʼsir qiluvçi moddalar töğrisida”gi qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Senatorlar qayd etganidek, farmatsevtika xodimlari kunini belgilaşga qaratilgan qonun bilan “Özbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilaş töğrisida”gi qonunga özgartirişlar kiritilmoqda. Uşbu özgartirişlar farmatsevtika xodimlarining mehnatini munosib eʼtirof etiş, ularning kasbiy nufuzini oşiriş hamda faoliyatini rağbatlantirişga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Muhokama yakunida qonunni maʼqullaş böyiça qömita xulosasini Senat kengaşiga kiritiş yuzasidan qaror qabul qilindi.

“Narkotiklar va kuçli taʼsir qiluvçi moddalar töğrisida”gi qonun giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli taʼsir qiluvçi moddalar muomalasini tartibga soliş, ular ustidan davlat nazoratini kuçaytiriş hamda narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga qaratilgan.
Qonunda davlat organlarining vakolatlari va özaro hamkorligini belgilaş, giyohvandlikning oldini oliş, unga çalingan şaxslarni davolaş va reabilitatsiya qiliş masalalari nazarda tutilmoqda.

Senatorlar, vazirlik va idoralar vakillari hamda ekspertlar tomonidan qonunning ayrim normalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Bildirilgan taklif va tavsiyalarni atrofliça örganiş, qonunning ayrim normalariga aniqlik kiritiş hamda uni qöşimça körib çiqiş zarurligi taʼkidlandi.
N.Abduraimova, ÖzA