Parrandaçilikdan yangi işlab çiqariş yönalişi sari
Navoiy viloyati Xatirçi tumanidagi “Muhammad Ali quvonçi” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Dilşod Eşnazarov 2016-yilda 300 ming boş parrandaga möljallangan fabrika taşkil etib, hududda parrandaçilikni rivojlantirişga hissa qöşib kelmoqda.
Bugungi kunda fabrikada boqilayotgan “Loman” zotli tovuqlardan kuniga 180 ming dona tuxum olinadi. Tadbirkor kelgusida işlab çiqariş hajmini yanada oşiriş maqsadida qöşimça 200 ming boş parrandaga möljallangan fabrika qurişni rejalaştirgan.
Sohada tuxum qadoqlaş idişlariga bölgan ehtiyojni inobatga olgan tadbirkor uşbu mahsulotni işlab çiqarişni ham yölga qöyiş taşabbusini ilgari surdi. Şu maqsadda Xitoydan 5,5 million AQŞ dollari qiymatidagi zamonaviy uskunalar keltirildi.
Yangi korxonada oyiga 16 million dona tuxum qadoqlaş idişi işlab çiqariş rejalaştirilgan. Korxona işga tuşirilişi bilan 100 ta yangi iş örni yaratiladi.
Ayni paytda parrandaçilik fabrikasida 80 nafar kişi doimiy iş bilan taʼminlangan.
[gallery-32412]
Mazkur loyihalar hududda işlab çiqariş salohiyatini kengaytiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş va aholi bandligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Siroj ASLONOV (surat), ÖzA