Kitobxonlik oiladan boşlanadi
Qarşi şahrida yoş oilalar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, oilaviy mutolaa anʼanalarini keng tarğib etiş maqsadida “Yoş kitobxon oila” tanlovi ötkazildi.
Unda iştirokçi oilalar öz bilim va dunyoqaraşini, kitob mutolaasi borasidagi salohiyatini namoyon etdi. Tanlov şartlariga köra, iştirokçilar test sinovlarida qatnaşib, töplagan ballari asosida baholandi.
Yakuniy natijalarga köra, “Oqtepa” mahalla fuqarolar yiğinidan Safarovlar oilasi birinçi örinni egalladi. “Xöja Xiyol” MFYdan Mahmudovlar oilasi ikkinçi, “Oydin” MFYdan Ergaşevlar oilasi esa uçinçi öringa sazovor böldi.
[gallery-32417]
Ğolib deb topilgan Safarovlar oilasi tanlovning viloyat bosqiçida Qarşi şahri şarafini himoya qiladi.
Taʼkidlaş joizki, bunday tanlovlar oilada mutolaa muhitini şakllantiriş, ota-ona va farzandlarning kitobga bölgan qiziqişini oşiriş, yoş avlodni maʼnaviy yetuk va keng dunyoqaraşli insonlar etib tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ölmas Barotov, Jamşid Norqobilov (surat),
ÖzA muxbirlari