“Ixtiro”

Parranda go‘shti va tuxum mahsulotlariga talab ortib borar ekan, fermer xo‘jaliklarida mahsuldorlikni oshirish bilan birga ilmiy asoslangan zamonaviy innovatsion yondashuvlarga ehtiyoj yanada kuchaymoqda. Xususan, bugungi kunda tuxum yo‘nalishidagi parrandalarda eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri bu — ular organizmida kalsiy va fosfor balansining buzilishi jiddiy kasalliklardan biri sifatida tilga olinmoqda.

 Tuxum hosil bo‘lishida esa mazkur elementlarning ahamiyati, ayniqsa, beqiyosdir. Tuxum qobig‘i hosil bo‘lishi uchun parrandalar har kuni o‘rtacha 2 gramm kalsiy sarflaydi, ular organizmida kalsiy, fosfor yetishmovchiligitovuqlarning cho‘loqlanib qolishi (osteomalyatsiya kasalligi) va tuxumning yupqa po‘choqli yoki umuman qobiqsiz, xalqona aytganda po‘choqsiz bo‘lib qolishiga olib keladi. 

Natijada tuxum yo‘nalishida boqilayotgan parrandalarni so‘yib yuborishga va bu esa fermer xo‘jaliklari uchun katta iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi.

Kalsiy-fosfor balansining buzilishi nafaqat mahsuldorlikka, balki parrandalar immun tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suyaklarning yumshashi, cho‘loqlanish, tuxum qo‘yish jarayonida uzilishlar, mahsuldorlikning kamayishi kuzatiladi.

Parrandachilikdagi bu kabi muammolarga ilmiy asoslangan yechim topish maqsadida Respublikamiz olimlari tomonidan veterinariya uchun “NANOAPATIT” ozuqa qo‘shimchasi ishlab chiqildi. Uning tarkibida tabiiy ipak sanoati chiqindisi — tut ipak qurti g‘umbagidan ajratib olingan tabiiy biopolimer — xitozan hamda tirik organizmlarga nisbatan biomoyilgidroksiapatit nanozarrachalari mavjud bo‘lib, tirik organizmlarda kalsiy va fosfor balansini ta’minlash xususiyatiga ega. 

 O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida ishlab chiqilgan “NANOAPATIT” preparati bugungi kunda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hamda O‘zbekiston Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan laboratoriya va xo‘jalik tajribalarida sinovlardan o‘tkazilgan. 

Natijalarga ko‘ra, parrandalar ozuqasiga qo‘shimcha sifatida Nanoapatit qo‘shilganda, tuxum mahsuldorligi 10-13% ga ko‘payishi, tuxum qobig‘i mustahkamligining oshishiga erishilgan, shuningdek, inkubatsiya ko‘rsatkichlari deyarli 100 % ga yetganligi aniqlangan. 

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, mazkur polimer shaklli preparat parrandalarda osteoporoz va osteomalyatsiya kabi kasalliklarning oldini olish va ularni davolashda ishlatishga tavsiya etilgan. 

Bundan tashqari, parrandachilik va veterinariya sohasida mahsuldorlik ko‘plab omillarga bog‘liq. Ulardan biri – organizm uchun eng zarur elementlardan biri bo‘lgan kalsiy va fosforning parranda organizmiga to‘liq so‘rilishi va uning yumshoq ta’siridir. Aynan shu jarayon tuxum qobig‘ining mustahkamligi, parrandalarning suyaklari mustahkam bo‘lishi va umumiy immunitetiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 

Olimlar bu muammoni hal qilish uchun nanotexnologiyalar yutuqlaridan foydalanib, o‘ziga xos yechim topdilar: bu – nanopatit asosidagi ozuqa qo‘shimchasi hisoblanadi. Mazkur ozuqa qo‘shimchasi parrandalarda kalsiy va fosfor balansini saqlash hisobiga ularning suyak to‘qimalarini mustahkamlash, parrandalar o‘sish jarayonini tezlashtirish va mahsulot sifatini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mutaxassislar yaratgan ‘NANOAPATIT qo‘shimchasi tufayli tuxum mahsuldorligining ortishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi shu tariqa ilmiy jihatdan isbotlangan va xo‘jaliklar bundan yuqori iqtisodiy natijalarga erishadi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zR FA ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan ushbu innovatsion ishlanma nafaqat import o‘rnini bosuvchi vosita, balki parrandachilik tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladigan muhim yutuqdir. 

Erishilgan bu kabi natijalar nafaqat olimlarimiz fidoyiligining, balki ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligining samarasi hisoblanadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7C-ngb0GsVI" title="“Ixtiro”: Parrandachilikda import o`rnini bosuvchi innovasiya " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov,  I.Ismatov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parrandachilikda import o‘rnini bosuvchi innovatsiya (+video)