Toşkentdagi barça turar-joylar va ijtimoiy obʼektlar isitiş tizimiga ulandi
Poytaxtimizda isitiş mavsumi boşlandi. 12-noyabr kuni soat 10:00 holatiga köra, barça köp qavatli turar-joy binolari va ijtimoiy soha obʼektlarida issiqlik tizimi işga tuşirildi.
Şahar hokimiyati maʼlumotlariga köra, poytaxtdagi 29 ta tuğruqxona, 238 ta şifoxona va 107 ta poliklinika issiqlik bilan töliq taʼminlandi.
Taʼlim muassasalarida ham bu boradagi işlar yakuniga yetdi. Toşkent şahridagi 520 ta bolalar boğçasi, 35 ta ixtisoslaşgan maktabgaça taʼlim taşkiloti, 139 ta maxsus maktab hamda 217 ta oliy taʼlim muassasasi va talabalar turar joyi issiqlik energiyasi bilan taʼminlandi. Umumiy örta taʼlim maktablarini issiqlik taʼminoti bilan qamrab oliş körsatkiçi 99,7% ni taşkil etib, jami 357 ta binoga issiqlik energiyasi yetkazildi.
Poytaxtdagi barça 8 939 ta köp qavatli uy issiqlik energiyasi bilan töliq taʼminlandi.
Tizim töliq işga tuşirilganiga qaramay, ayrim binolarda muammolar yuzaga kelişi mumkin. Agar radiatorlar sovuq bölsa yoki issiqlik yetarliça kelmasa, fuqarolar «Veolia Energy Tashkent» kompaniyasining dispetçerlik va Call-markaziga yoxud tegişli boşqaruv servis kompaniyasiga boğlanişi mumkin. Tezkor yordam oliş uçun 1347 yoki (71) 200-00-56 raqamlariga qönğiroq qiliş, şuningdek, @vet_pokazaniya_bot telegram-botiga murojaat yöllaş tavsiya etiladi.
Roman BONDARÇUK, ÖzA