Ijodkorlarga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib oliş uçun subsidiya beriladi
Hukumatning 11-noyabrdagi qarori bilan “Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib oliş uçun subsidiya ajratiş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Uşbu Nizom madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib oliş uçun subsidiya ajratiş tartibini belgilaydi.
Nizomga köra, subsidiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalaştiriladigan ipoteka kreditlari doirasida birlamçi uy-joy bozoridan kvartiralarni sotib oliş uçun ajratiladi.
Subsidiya ariza beruvçining asosiy iş joyidagi hudud doirasida qurilgan kvartiralar uçun yönaltiriladi.
Ariza beruvçi subsidiya oliş uçun Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
Ariza beruvçining quyidagi mezonlarga mosligi axborot tizimlari orqali avtomatik ravişda tekşiriladi:
– ariza beruvçi, uning turmuş örtoğining birgalikdagi daromadlarini belgilangan mezonlarga muvofiqligi;
– ariza beruvçi, uning turmuş örtoğining nomida respublikaning barça hududlari miqyosida sönggi 2 yilda mulk huquqi bilan turar joy mavjud bölmagani;
– ariza beruvçining madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida faoliyat böyiça kamida 3 yil iş stajiga egaligi;
– ariza beruvçining madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida faoliyat yuritişi uçun sönggi 3 yilda litsenziyaga ega bölgani va boşqalar.
Subsidiya 1 oilaga faqat 1-marta beriladi.
Subsidiya ajratiş töğrisida xabarnoma olgan talabgor birlamçi bozordan kvartirani ipoteka krediti orqali sotib oliş böyiça quriliş (pudrat) taşkiloti yoki developer bilan şartnoma tuzadi.
Boşlanğiç badalning bir qismini qoplaş uçun subsidiya ötkazilgan kundan boşlab 30 kun içida foydalanilmagan taqdirda, bank subsidiyani Özbekiston Respublikasining respublika byudjetiga qaytaradi.
ÖzA