Tibbiyot muassasalarining mavsumga tayyorgarligi va epidemiologik vaziyat tanqidiy tahlil qilindi
Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarining qiş mavsumiga tayyorgarligi hamda gripp va ötkir respirator virusli infeksiyalarning oldini oliş yuzasidan tanqidiy-tahliliy yiğiliş ötkazildi. Unda soğliqni saqlaş vaziri Eldor Adilov, vazirlik masʼullari, hududiy boşqarmalar, muassasalar hamda tibbiyot oliy öquv yurtlari rahbarlari iştirok etdi.
Yiğilişda hududlar kesimida isitiş qozonlari, yoqilği zaxirasi, elektr generatorlari va muqobil energiya taʼminoti masalalari çuqur tahlil qilindi. Qayd etilişiça, ayni paytda faoliyat yuritayotgan 3,6 mingdan ziyod davlat tibbiyot muassasasi uçun 56,9 ming tonna kömir zaxira qilingan, maʼnan eskirgan 156 ta isitiş qozoni yangilangan va respublika hamda hududiy ştablar tuzilgan.
Biroq örganişlar davomida ayrim kamçiliklarga ham yöl qöyilgani aniqlandi. Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Farğona viloyatidagi baʼzi muassasalarda taʼmirlaş işlari muddatida tugallanmagan, ayrim tumanlarda kömir zaxiralari oçiq havoda saqlanmoqda. Şahrixondagi 66-oilaviy poliklinikada esa isitiş tizimi hali ham işga tuşirilmagan. Şuningdek, qator hududlardagi obʼektlar markazlaşgan isitiş tizimiga ulanmagani, ayrim joylarda qölbola qozonlardan foydalanilayotgani va sanoat xavfsizligi talablari buzilgani jiddiy tanqid qilindi. Vazir bunday masalalarga befarq qaragan masʼullarga nisbatan qatʼiy çoralar körilişini taʼkidlab, binolarda meʼyoriy haroratni saqlaş, generatorlar va yoqilği zaxirasini töliq taʼminlaş böyiça aniq topşiriqlar berdi. Şu bilan birga, «Yaşil makon» loyihasi doirasidagi işlar ayrim hududlarda sust ketgani körsatib ötildi.
Şuningdek, yiğilişda epidemiologik vaziyat va sovuq mavsumga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi. Joriy yilning 10 oyida ötkir respirator infeksiyalar bilan kasallaniş holatlari kamayganiga qaramay, oktabr-noyabr oylarida baʼzi hududlarda ösiş kuzatilgan. Bugungi kunda respublikadagi bolalar örinlarining bandlik darajasi biroz yuqoriligi sababli masʼuliyatni oşiriş talab etiladi.
Vazir oilaviy şifokorlar va patronaj hamşiralari uyma-uy yurib, aholiga tibbiy yordam körsatişi zarurligini, şamollaş mavsumida heç bir bemor eʼtibordan çetda qolmasligi kerakligini qayd etdi. Şifoxonalarga tuşayotgan yuklamani kamaytiriş uçun birinçi böğin faoliyatini kuçaytiriş, zaxira örinlarini taşkil etiş, şuningdek, antibiotiklar va gormonal preparatlarni faqat körsatma asosida qöllaş, aholi örtasida profilaktika hamda emlaş işlarini jadallaştiriş yuzasidan mutasaddilarga qatʼiy vazifalar yuklandi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA