O‘zbekistonning gender-ta’sirchan qonunchiligi
Dilafruz Ulugbekovna SUFIEVA mustaqil izlanuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, O‘zbekiston d.sufieva@adliya.uz
Annotatsiya
Ushbu maqolada ayollar va erkaklar tengligining konstitutsiyaviy va huquqiy asoslari muhokama qilinadi, xususan, xorijiy davlatlar konstitutsiyalarida gender tengligi mustahkamlanganligi tahlil qilinadi, milliy norma ijodkorligi jarayoniga yangi kiritilgan “Gender-huquqiy ekspertiza” institutining joriy etilishi haqida ma’lumot beriladi, ushbu institutning jamoatchilik muhokamasi, tartibga solish ta’sirini baholash, qonun hujjatlarini tizimlashtirish kabi boshqa vositalar bilan bog‘likligi ko‘rib chiqadi.
Tayanch so‘zlar: gender-huquqiy ekspertiza, kamsitish, gender tengligi, onalik, otalik, maxsus choralar, konstitutsiyaviy huquq, normativ-huquqiy hujjatlar, jamoatchilik muhokamasi, tartibga solish ta’sirini baholash, qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.