O‘zbekistonning eksport va importdagi asosiy hamkorlari (+video)
Respublikamiz tashqi savdo tizimi so‘nggi yillarda barqaror rivojlanib, yangi bozorlar bilan hamkorlik izchil kengayib bormoqda. Xususan, tashqi savdo geografiyasi sezilarli darajada kengayib, ayniqsa, Yevropa davlatlari bilan aloqalar faollashdi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo hajmi ham izchil o‘sib, mintaqaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda.
Eksport tarkibida xomashyo resurslari hali ham muayyan ulushni egallab kelayotgan bo‘lsa-da, qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ulushi tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, to‘qimachilik mahsulotlari, avtomobilsozlik sanoati hamda qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari eksportda muhim o‘rin tutmoqda.
Milliy iqtisodiyotning asosiy eksport yo‘nalishlari sifatida to‘qimachilik sanoati, rangli metallurgiya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari e’tirof etilmoqda. Import tarkibida esa asosan texnika va uskunalar, avtomobillar, elektronika vositalari hamda turli iste’mol tovarlari ustunlik qiladi.
Umuman olganda, yurtimiz tashqi savdosi diversifikatsiya qilinib, eksport geografiyasi kengayib, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi izchil ortib borayotganini ko‘rish mumkin. Kelgusi yillarda yangi bozorlarga chiqish va xalqaro hamkorlar bilan iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
Diyorimizning eksport-import imkoniyatlari, raqobatbardosh mahsulotlar ulushini ko‘paytirishdagi jarayonlar va jahon bozorida milliy ishlab chiqaruvchilar safini kengaytirish borasida qilinayotgan ishlar xususida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sardor Abdualimovni suhbatga chorladik.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “You Tube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bfr0duT81XQ" title="O`zbekistonning eksport va importdagi asosiyhamkorlari " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev (videomuhandis),
O‘zA