Özbekistonlik öquvçilar Pearson imtihonlarida jahon rekordini örnatdi
“Outstanding Pearson Learner Awards” mukofoti har yili "Pearson Edexcel" xalqaro imtihonlarida muayyan fanlar böyiça eng yuqori natijalarni körsatgan öquvçilarga beriladi. Joriy yilda dunyoning 85 mamlakatidan 740 ta maktabning 2700 nafardan ortiq öquvçisi uşbu eʼtirofga sazovor bölgan. Pearson — Buyuk Britaniyaning yetakçi xalqaro taʼlim kompaniyalaridan biri bölib, uning Edexcel xalqaro taʼlim dasturlari 80 dan ortiq mamlakatda öqitiladi. "International GCSE" sertifikatlari esa dunyoning köplab nufuzli universitetlari tomonidan tan olinadi.
Eʼtiroflisi şundaki, özbekistonlik öquvçilar xalqaro taʼlim maydonida tarixiy natijaga erişdi. Ilk bor Prezident maktablarining 15 nafar öquvçisi nufuzli “Outstanding Pearson Learner Awards” xalqaro mukofotining 18 tasiga sazovor böldi. Uşbu yuksak natijalar öquvçilarning 2026-yil iyun oyida ötkazilgan “Pearson Edexcel International GCSE” xalqaro imtihonlarida körsatgan bilim va salohiyati asosida qayd etildi. Quvonarlisi, 11 ta natija jahon miqyosida eng yuqori ball — “Highest Mark in the World” deb eʼtirof etildi. Şundan 9 tasi fizika, 2 tasi biologiya fani hissasiga töğri keladi. Bundan taşqari, 7 ta natija Özbekiston böyiça eng yuqori ball — “Highest Mark in Uzbekistan” nominatsiyasida qayd etildi. Ularning 4 tasi matematika, 2 tasi kimyo va 1 tasi kompyuter fanidan qölga kiritildi.
Bu tarixiy natijalar mamlakatimizda taʼlim sohasini rivojlantiriş, yoş avlodga sifatli taʼlim beriş va iqtidorli yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan davlat siyosati samarasidir.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA