Sirdaryolik öquvçilar xalqaro olimpiadada muvaffaqiyat qozonişdi
Sirdaryolik ikki nafar yoş bilimdon — Zayniddin Ilhomov va Muhammadali Öktamovlar Qozoğistonning Çimkent şahrida ötkazilgan bilimlar bellaşuvi — xalqaro olimpiadada öz yoş toifalarida superçempionlik unvonini qölga kiritişib, yurtimiz şarafini munosib himoya qilişdi.
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlari maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari va maktab öquvçilari iştirok etgan mazkur olimpiada mental arifmetika, matematika, rus tili hamda ingliz tili fanlarini qamrab oldi. Turli yoş toifalarida taşkil etilgan bellaşuvda qatnaşçilar bilim va könikmalari bilan birga, tezkor fikrlaş, mantiqiy tahlil qiliş va murakkab topşiriqlarni mustaqil bajariş qobiliyatlarini ham namoyon etdilar.
Guliston şahridagi «Mental Kids» bolalarni aqliy rivojlantiriş markazi öqituvçisi Nafisa Mamatqulovaning şogirdlari ham bellaşuvda munosib iştirok etib, öz yoş toifalarida eng yuqori natijani qayd etdi.
Mental arifmetika bolalarda oğzaki hisoblaş malakasini rivojlantiriş bilan birga, diqqatni jamlaş, xotirani mustahkamlaş, tez va aniq fikrlaş kabi muhim qobiliyatlarni şakllantirişga xizmat qiladi. Bunday xalqaro musobaqalar esa yoş iqtidor egalarining salohiyatini namoyon etişi, tengdoşlari bilan tajriba almaşişi va öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazişi uçun keng yöl oçadi.

— Ikki nafar öquvçimizning uşbu nufuzli xalqaro musobaqada iştirok etib, yuksak natijaga erişgani nafaqat ularning ota-onalari, balki biz ustozlar va tengdoşlari uçun ham katta quvonç bağişladi. Bu yutuq ortida bolalarning tinimsiz izlanişi, maşğulotlardagi tirişqoqligi va öz ustida işlaşi mujassam. Işonamanki, bu muvaffaqiyat ularni kelgusida yanada katta marralar sari undaydi, — dedi yoş ğoliblarning ustozi Nafisa Mamatqulova.
Sirdaryolik bolalarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyati ustoz mehnati, öquvçilarning intilişi va ota-onalar kömagi uyğunligining samarasidir. Bu kabi natijalar viloyatda iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va ularning bilim salohiyatini yuksaltiriş yölidagi intilişlarga yangi kuç bağişlaydi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri