O‘zbekistonlik gimnastikachilar jahon chempionatida ishtirok etadi
12–16-avgust kunlari Germaniyaning Frankfurt shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘z tarkibi bilan ishtirok etadi. Yakkalik dasturida mamlakatimiz sharafini Taxmina Ikromova himoya qiladi.
Guruh dasturida esa Mumtozabonu Isxoqzoda, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova, Yasmina Mkrticheva, Tamila Ziganshina hamda Yuliya Valevataya yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Terma jamoa murabbiylari sifatida Liliya Vlasova va Rano Muhammedova faoliyat olib boradi. Musobaqada yurtimiz nomidan hakam sifatida Sevar Karimova ishtirok etadi.
Jahon chempionatida dunyoning kuchli badiiy gimnastikachilari ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga bo‘lajak bahslarda muvaffaqiyat tilaymiz.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA