Gimnastikachilarimiz Jahon chempionati finalida
Bugun, 16-avgust kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetadi.
So‘nggi kungi musobaqalarda mamlakatimiz sportchilari 2 ta dasturda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.
Terma jamoamiz a’zosi Taxmina Ikromova ko‘pkurashning alohida turlarida kechgan saralash bahslarida halqada bajargan mashqlari bilan final yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, mahoratli gimnastikachilarimiz Mumtozabonu Isxoqzoda, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova, Yasmina Mkrticheva, Tamila Ziganshina, Yuliya Valevatayadan iborat tarkib guruh mashqining 3 ta halqa va 2 juft bulava dasturida ham medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA