Inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha Xitoy jamiyati doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Szyan Szyango boshchiligidagi delegatsiya a’zolari mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzatilla Tillaboyev kutib oldi.

Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasining tashrifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rahbariyati bilan uchrashuvdan boshlandi. Tashrif dasturida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida uchrashuvlar o‘tkazish belgilangan.

Tashrifning ikkinchi kuni poytaxtimizda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning o‘zbek tilida ilk bor nashr etilgan "Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida" nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 

Bundan tashqari, ushbu kitob mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazish rejalashtirilgan.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga Xitoy delegatsiyasi tashrif buyurdi