O‘zbekistonda qancha olima ayol bor?
11 fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni
Ma’lumki, mamlakatimizda olima ayollarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarni ilm-fanga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Buning natijasi o‘laroq, ilm-fanda ayollar ko‘rsatkichi yildan-yilga oshib borayotgani quvonarli.
Xususan, 2025 yil yanvar holatiga Fanlar akademiyasi tizimida jami 5 ming 243 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shundan 2 ming 93 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi. Ularni faoliyat turlari bo‘yicha sarhisob qiladigan bo‘lsak, 997 nafari ilmiy xodim, 5 nafari akademik, 117 nafari fan doktori, 272 nafari fan nomzodi va falsafa doktori sifatida ilmiy izlanishlar bilan ilm-fanimiz rivojiga hissa qo‘shib kelmoqda.
Tizimda mavjud 35 ta tashkilotdan 4 tasida ayol direktorlar rahbarlik qilmoqda.
Fanlar akademiyasi tasarrufidagi 31 ta ilmiy tashkilot doktoranturalarida jami 337 ta ayol tayanch doktorant, 26 ta ayol doktorantlar tahsil olmoqda.
Xotin-qizlar orasida ilm-fanga fidoyilar bor ekan, jamiyat, mamlakat taraqqiy etishdan to‘xtamaydi.
Nigora Rahmonova,
O‘zA